Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 192 Murodov Alisher, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Xuquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI Annotatsiya. Maqolada oiladagi nosog‘lom muhitning voyaga yеtmaganlarning ta’lim va tarbiyasiga salbiy ta’siri, voyaga yеtmaganlar huquqbuzarligining sabablari, sharoitlari va uni keltirib chiqaruvchi omillar hamda uning oldini olishga oid fikr va mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar: oila, oiladagi muhit, huquqbuzarliklar, jinoiy xulq-atvor, nizo, sabab sharoit, g‘ayriijtimoiy munosabatlar. Аннoтация. В статье представлены мнения и взгляды о негативном влиянии нездоровой среды в семье на образование и воспитание несовершеннолетних, причинных условиях и факторах правонарушений среди несовершеннолетних и их профилактике. Ключевые слова: семья, обстановка в семье, правонарушения, преступное поведение, конфликт, причины и обстоятельства, антисоциальные отношения. Annotation. The article presents opinions and views on the negative impact of an unhealthy environment in the family on the education and upbringing of underages, causal conditions and factors of offenses among minors and their prevention. Keywords: family, family situation, offenses, criminal behavior, conflict, causes and circumstances, anti-social relations. Oilada huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishiga hamda uni sodir etuvchi shaxslarda g‘ayriijtimoiy xususiyatlarning shakllanishiga oiladagi muhitning ta’siri o‘ziga xosdir. Shunisi e’tiborliki, oiladagi nosog‘lom muhit nafaqat huquqbuzarliklar, balki og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga ham shart-sharoitlar yaratadi. Zero, “hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Jinoyatchilik nomaqbul ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy muhitdagina ildiz otishi mumkin” 112 . Ma’lumki, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit sabablarini o‘rganish borasida turli davrlarda turli soha mutaxassislari tomonidan qator tadqiqotlar olib borilgan. Bu muammoga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarning predmeti bo‘lib, har bir millat mentaliteti, o‘sha jamiyatda ustuvor bo‘lgan oilaviy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlar hisoblangan. Chunki oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning shakllanishi oila a’zolari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar xususiyatiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, oilada ijobiy yoki salbiy munosabatlar, nizolar hamda ularning oqibatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishiga zamin bo‘ladi. Oilaning shaxsning ma’naviy shakllanishidagi ahamiyati shundaki, inson shaxsining poydevori shu joyda quriladi. Inson o‘zini o‘rab olgan dunyo haqidagi dastlabki bilimni, yaxshi va yomon haqidagi, axloq normalari haqidagi dastlabki tasavvurni, birinchi tarbiyaviy saboqni oilada oladi, shaxs sifatida dastlabki qadamni oilada qo‘yadi. Shuning uchun inson tarbiyasi u tug‘ilgan kundan boshlanmog‘i lozim 113 . Chunki oila bolaga muayyan g‘oyaviy-siyosiy qarashlar asoslarini singdiradi, bola oilada axloq normalarini bilib oladi va ularni o‘zlashtiradi, undagi dastlabki ko‘nikmalar va xulq-atvor namunalari oilada shakllanadi 114 112 Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан. Т. 4. – Тошкент, 1996. – Б. 147. 113 Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганлик: назария ва амалиёт. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2005. – Б. 97. 114 Ота-Мирзаев О .Б., Ғаниева М. Х., Латипова Н. ва бошқалар. Оила маънавияти: ўқув қўлланма. – Тошкент, 2007. – Б. 9 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling