“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
31
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 300 nafar oila qurmagan yoshlarning 272 nafari (90,7%) oila
mustahkamligini ta’minlashda qonuniy nikohning zarur ekanligini, 16 nafari (5,3%) rasmiy nikohdan o‘tmay,
faqatgina shar’iy nikoh ham oilani mustahkamligini ta’minlashini ta’kidladi, 12 nafar (4%) respondentlar
“bilmayman” degan javob bilan bu masalani hali o‘ylab ko‘rmaganligini bildirishdi. Bu tadqiqot natijasiga
ko‘ra, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishimiz va oila-nikoh munosabatlariga nisbatan
hurmat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Shu bilan birga oila qadrlanishini va
shu sababli oilani qadimdan
qadriyat sifatida e’zozlanishini ularning ruhiyatiga singdirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi
16
.
Oilaviy majburiyatlarni taqsimlashda tenglik muammosi
Oiladagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq nisbatan keng tarqalgan bunday nizolar
ayol kishida turmush
o‘rtog‘ining unga xo‘jalik, uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritishda va turli xildagi kundalik yumushlarni bajarishda
beradigan yordamidan qoniqmaslik hissini keltirib chiqarishi mumkin. Bunda ayol kishining noroziligi
turmush o‘rtog‘i
u xohlayotgan, talab qilayotgan ishlarni bajarmasligi yoki bajargan taqdirda ham vazifalariga
sustkashlik, beparvolik bilan istar-istamas yondashishi (erning xotini talab qilayotgan
hamma ishlarni bajarishi,
biroq mustaqil faollik, tashabbus ko‘rsatmasligi)dan kelib chiqadi. Bu muammoni hal etishda murojaat usulini
topish kerakki, unda ayolning xohish-istaklari ham o‘z ifodasini topsin, erkak
kishi shaxsiyatining hurmat
qilinishi ham ta’minlansin. Masalan, “Agar ozgina bo‘lsa ham sizni ro‘zg‘or qiziqtirganida edi,
kartoshka
olayotganingizda, u bilan birga sabzi va piyoz ham olish kerakligiga farosatingiz еtgan bo‘lar edi”, jumlasini
“Qanday yaxshi, kartoshka olib kelibsiz. Lekin keyingi safar kartoshka olayotganingizda piyoz va sabzi
olishni ham esdan chiqarmang”, tarzida nisbatan konstruktiv mazmundagi jumla bilan almashtirish samarali
natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: