Er-xotinlarning bir-birlariga nisbatan bajarib bo‘lmaydigan talablari:
Ba’zi hollarda er-xotinning bir-biriga qo‘ygan talab, istaklarini bajarish imkoniyati umuman mavjud
bo‘lmaydi, lekin shunga qaramay, bu talablarning doimo takrorlanaverishi natijasida oilaviy nizolar kelib
chiqadi. Aslida, bunday nizolarning tub mohiyatini yanada jiddiyroq shikoyatlar tashkil etadi. Misol
o‘rnida quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Ayol erining farzandini bog‘chadan olish uchun borishni
xohlamasligidan shikoyat qiladi. Suhbat davomida ma’lum bo‘ladiki, erning ish vaqti ancha kech tugaydi, ayol
esa bog‘chaga yaqinroq joyda ishlaydi, bolani bog‘chadan olish unga qulay va еngil bo‘lishiga qaramay, ushbu
talabni qo‘yishda muttasil davom etadi. Konsultant mijozdan nima uchun eri uchun bu yumushni bajarish
noqulayligini bilsa ham amalga oshirishni hadeb qat’iy talab qilishi sababini so‘raganida, u shunday javob
qiladi:
“Qo‘yavering, u ham oilasi uchun nimadir qilsin. U ham ota sifatida bola bilan biroz bo‘lsa-da
birga vaqt o‘tkazishga majbur!” Ko‘rinib turibdiki, ayolning fikr-mulohazalari mutlaqo sog‘lom mantiqqa
asoslanmagan, chunki otaning farzandi bilan birga vaqt o‘tkazishining boshqa usullari ham mavjud, qolaversa,
er oilasi uchun bundan boshqa ishlarni ham qilishi zarur. Balki, bunday nizolarning zamirida boshqa sabab,
masalan, qachonlardir bo‘lib o‘tgan dilxiraliklar uchun alamzadalik va bunga javob tariqasida, o‘ch olish
uchun atayin bajarish mushkul bo‘lgan talablarni qo‘yish orqali jazolash maqsadi turgan bo‘lishi mumkin.
Er va xotin qarashlari, yo‘l-yo‘riqlari o‘rtasidagi farqlar: Aksar oilaviy yumushlar va majburiyatlar
taqsimoti yuzasidan kelib chiqadigan muammolar er-xotinlarning qarashlari va nuqtayi nazarlari o‘rtasidagi
farqlar bilan mustahkam aloqadorlikka ega bo‘ladi. Masalan, er oshxona polini haftada to‘rt marotaba yuvish
kerak, degan qat’iy fikrda bo‘lsa, xotin mulohazasiga ko‘ra esa bir marotaba yuvish kifoya. Oshxona poli
haftada bir marotaba yuvilishi natijasida nizoli vaziyat kelib chiqadi. Albatta, bu arzimagan sabab tuyulsa-da,
lekin ba’zan qarashlardagi farqlar natijasida jiddiy muammolar ham kelib chiqadi. Masalan, bolani necha
yoshdan bog‘cha yoki maktabga berish, mehnat ta’tilini qanday o‘tkazish, jamg‘arilgan pulga nima sotib
olish va hokazo masalalar borasida er-xotin orasida ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin. Bunday qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar oilaviy hayotda ko‘plab topiladi.
Aslida bunday nizolarning tub sababi er-xotinlarning bir-birlarini eshitishni, bir bitimga kelishni
bilmasliklaridadir.
16
Кулбекова Насиба Закировна. “Ёш эр-хотинларнинг оила муҳитига мослашувида социо-маданий таъсир омил-
ларининг социологик таҳлили” диссертацияси авторефератдан. – Тошкент, 2021. – Б.13.
Do'stlaringiz bilan baham: |