“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
33
tavsiflanadi. Astronomik vaqtdan farq qiladigan “ijtimoiy vaqt” tushunchasi sotsiologlar E.Jak, T.Xagerstrand,
P.A.Sorokin va R.Mertonlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, bu jarayonda, asosan, kishilarning jamiyat
ehtiyojlaridan kelib chiquvchi ijtimoiy funksiyalarini bajarish vaqtiga to‘g‘ri
keladi
20
.
E.Jak “ijtimoiy vaqt”ni “kuzatishlar” vaqtidan farqli o‘laroq, “niyatlar davri” deb ta’riflagan
21
.
T.Xagerstrand ijtimoiy vaqtni voqealar, narsalar, sharoitlarda vujudga kelgan vaqt sifatida tavsiflaydi
22
.
Ijtimoiy vaqtni hisobga olgan holda P.Shtomka bir necha jihatlarni, xususan, vaqtni anglash darajasi va
chuqurligini,
uning shakli, o‘tmish yoki kelajakka yo‘nalishini
belgilaydi
23
.
Bizning fikrimizcha, oila ma’naviyatiga erishish uchun ijtimoiy vaqt ta’sirida ibrat omiliga tayanish
zarur. Oilaning kasbiy-intellektual moslashuvi
asosidagi yuksalishiga esa, albatta, har bir oila a’zosi o‘zini
rivojlantirish orqali erishadi. Bu jarayonda ham har bir inson ijtimoiy vaqt ta’sirida aniq
maqsad bilan intilishi
zarur. Buning natijasida oilada o‘zgargan oilaviy muhit vujudga keladi va oila mustahkamligiga ichki hamda
tashqi salbiy omillarning ta’siri
kamayadi, oila barqarorligiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: