Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Keywords: modern family upbringing, family, upbringing, parent, child, pedagogical-psychological 
relations, family stability.
Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to‘g‘ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy 
poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida mustahkam va faol 
bo‘lishni talab etmoqda. Ma’lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila 
asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi. 
Zamonaviy oilalar mavjud jamiyat bilan uzviy bog‘langandir. Shaharlarning o‘sishi, yashash 
sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol 
inson qilib tarbiyalashga ta’sir qiladi. 
Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining 
asosida yotgan fazilatlar o‘smirning, eng avvalo, oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan, ota-ona, 
oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero, 
mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi 
muhim omillardan hisoblanadi.
Milliy g‘oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy 
qadriyatlarni saqlash va ilg‘or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining 
bir bo‘lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o‘rni va roli bevosita xarakterga ega bo‘lib, faqat sog‘lom 
muomala va samimiyat muhitigina o‘smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy, intellektual 
va ma’naviy tomondan yеtuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni 
ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol inson faqat sog‘lom oilada shakllanadi. Oiladagi 
sog‘lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining asosidir.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling