Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 49 psixologiyaning shakllanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Gedonizm – bu shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo‘lishga intilish ustuvor bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda ham hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar oilalarida kuchliroq anglanilmoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari va tomorqa еrlarining borligi evaziga shahar oilalariga qaraganda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchi va ishlab chiqaruvchilik funksiyasini ko‘proq saqlab qolmoqda. Zamonaviy oila tarbiyasining pedagogik-psixologik asosi o‘zida insonparvarlik, hamkorlik g‘oyalarini ifodalab, bu tom ma’noda mohiyatan o‘zbek oilalarida o‘z ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka g‘amxo‘rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi. Hozirgi davrning mohiyatidan kelib chiqib oilalarning ijtimoiy tarkibi ham o‘zgarmoqda, bu esa, o‘z navbatida, oila tarkibida, turmushi va uning qiyofasida jiddiy o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek oilalarida bunday tarkibiy o‘zgarish, yangicha munosabatlar tarixiy tarkib topgan milliy o‘ziga xoslikni yo‘qotishga emas, balki oilalardagi munosabatlarning har tomonlama pedagogik nuqtayi nazardan rivojlanishiga, ko‘p millatli respublikamiz aholisining urf-odatlari, an’analarining uyg‘unlashuviga, mazmunan boyishiga sabab bo‘lmoqda. Kattalarga hurmat va bo‘ysunish o‘zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslullaridan biridir. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash, ota-onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa orasida o‘zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir. Aynan oila bolani qadam qo‘ydiradi, uning o‘ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi. Yosh avlodning qiziqish va tirishqoqligi, mehnatsevarligi, birinchi navbatda, ota-onaga va oiladagi tarbiyaviy holatlarga bog‘liqdir. Professor O.Musurmanova: Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling