“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
50
oila muhitida adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, ta’magirlik illatlarining namoyon
bo‘lishi;
ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy-ma’naviy darajalarining pastligi yoki qarama-qarshiligi;
oila a’zolarini birlashtiruvchi an’analar, urf-odatlarga amal qilinmasligi;
ota-ona va farzandlar o‘z vazifa hamda burchlarini bilmasligi, ularga rioya qilmasligi;
ota va ona o‘rtasidagi yoki ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklarning,
ziddiyatlarning surunkali ko‘rinishga ega bo‘lishi.
Hozirgi zamon oilalarida o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari,
shakl va uslublari keng qo‘llanilmoqda. Olib borilgan kuzatishlar natijasida bolalar tarbiyasida ota-onalarning
er va ayol sifatidagi faollik darajasi turlicha ekanligining guvohi bo‘ldik.
Umuman olganda, hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli umumiy formula topish mumkin emas,
lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib
chiqib, kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, maslahat berish mumkin.
Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir kuchiga ega. Muhit deyilganda, oila a’zolarining
o‘zaro munosabatlari, bolalarga ta’sir ko‘rsatish usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar
yig‘indisiga aytiladi. Oila muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yoshdagi a’zolarining g‘oyaviy-siyosiy
ongliliklarida namoyon bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, farzandga zamonaviy tarbiya berishda ota-onalarning o‘rni beqiyos.
Demak, ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajriba almashish, ota-onalarni
tarbiyalash ishlariga qizg‘in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahallalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir.
Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya
maqsadini aniqlashlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |