Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Keywords: family, modern family, family climate, family problems, family upbringing, unhealthy 
relationships in the family.
Taniqli psixolog va psixoterapevt Virdjiniya Satir: “Oila – butun olam mikrokoinoti
29
. Uni tushunish 
uchun oilani o‘rganish yеtarli. Oilada mavjud bo‘lgan hokimiyat, sirdoshlik, mustaqillik, ishonch, muloqot 
ko‘nikmalari – hayotdagi ko‘pgina hodisalar kaliti. Agar biz dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, oilani 
o‘zgartirishimiz zarur”, – degan fikrlarni bildiradi.
Sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” va “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarlarida 
oiladagi muhit hamda baxtga erishish yo‘llari sifatida keraksiz urf-odatlardan, yomon illatlardan voz kechish 
to‘g‘risida bayon etadi
30
. Shuningdek, “Baxt-saodatga erishuv yo‘lida nimaiki (bilim, odob-axloq, kasb-hunar) 
yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq, nimaiki zararli bo‘lsa, uni foydali narsaga aylantirishga 
harakat qilmoq zarur”ligini ta’kidlaydi. Shu ma’noda oila maskaniga zamonaviy va namunali sifatida qarash 
jamiyatning asosiy vazifalaridandir. 
Yurtimizda zamonaviy oilani rivojlantirish, oilani mustahkamlash borasidagi davlat siyosatining 
afzalligi shundaki, eng avvalo, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga 
yo‘naltirilganligidir. Bu orqali oilalar manfaatlarini himoya qilinishi ta’minlanadi.
O‘zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o‘xshash tomonlari ko‘p, lekin shu bilan birga, uning 
o‘ziga xos jihatlari ham yo‘q emas. “Zamonaviy oila modeli”da oila a’zosi bo‘lgan shaxsning erkak yoki 
ayolligidan qat’i nazar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy maqomini oshirish, ota-onalar kasb karyeralarini va 
oilaviy majburiyatlarini birgalikda olib borish, farzandlariga esa tadbirkorlik va mustaqillikka intilishni 
singdirib borish kerak bo‘ladi.
Zamonaviy, namunali oilalar ushbu 4 toifa mezonlar asosida shakllantiriladi:

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling