Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Ключевые слова
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 54 Abdusamatov X.U., “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, PhD, dotsent BOLA SHAKLLANISHINING IjTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning oilada shaxs sifatida shakllanishida tarbiyaning ahamiyati, bolada “Men” tushunchasining paydo bo‘lishiga oid psixologik muammolar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: bola, o‘zini anglash, “Men” konsepsiyasi, “Men” obrazi, o‘zini o‘zi anglash genezisi, emotsiya. Аннотация: В статье подчеркивается важность семейного воспитания в формировании личности детей дошкольного возраста, психологические проблемы, связанные с возникновением у ребенка понятия «Я». Ключевые слова: ребенок, самосознание, концепция «Я», образ «Я», генезис самосознания, эмоции. Annotation: This article highlights the importance of family upbringing in the formation of the personality of children of preschool age, the psychological problems associated with the emergence of the concept of “I” in the child. Keywords: child, self-awareness, the concept of “I”, the image of “I”, the genesis of self-awareness, emotion. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolaning shaxs sifatida rivojlanish jarayoni va uning oilaviy munosabatlar bilan aloqalarini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolaning o‘zini o‘zi anglash jarayoni juda faol bo‘lib, uning “Men” konsepsiyasi shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, D.B.Elkonin, M.I.Lisina, V.S.Muxina va b.). Biroq o‘zini anglash, “Men” konsepsiyasi, “Men” obrazi tizimi kabi atama va tushunchalar o‘rtasidagi farqlar bizni aynan nimani tadqiq etayotganligimizni tushunish uchun, umuman, o‘zini o‘zi anglash muammosiga murojaat etishga majbur qiladi. Bizni qiziqtirayotgan o‘zini o‘zi anglash genezisi muammolarini chuqur ko‘rib chiqishga yaqinroq (yaqindan) yondashish uchun oxirgi paytlarda tobora ommalashib borayotgan fanlararo (transdissiplinar) yondashuvni qo‘llash hamda kelgusi nazariy va eksperimental tadqiqotlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy tushuncha va farazlarning tizimli tahlilini qilishga to‘g‘ri keladi. O‘zini o‘zi anglash masalasi dolzarb bo‘lib, insonning borliqqa bo‘lgan munosabati, ongi, o‘zini anglashining ijtimoiy, falsafiy asoslari psixologiyadan tashqari sotsiologiya, falsafa fanlarida ham o‘rganiladi. Biz dissertatsiya maqsadlaridan kelib chiqib, uning ijtimoiy borliqqa aloqador xususiyatlari o‘rganilgan ayrim tadqiqotlarga e’tiborni qaratamiz. Psixologiya nuqtayi nazaridan ong insongagina xos bo‘lgan ruhiy aks ettirishning oliy darajasidir. U faolligi, intiluvchanligi, refleksivligi, motivatsion-qimmatli xarakteri va aniqlik darajasi bilan tavsiflanadi, shuningdek, hamkorlikdagi faoliyat ongning tarkibini shakllantiruvchi interiorizatsiya jarayoni tufayli ontogenezning dastlabki bosqichlarida shakllanuvchi, beto‘xtov o‘zgarib turuvchi sensor axborot oqimiga (I.Kantga borib taqaluvchi g‘oya) quyiluvchi barqaror va invariant sxema yoki tuzilmalarni tashkil qiladi. Shu tariqa uning ichki nutqi, predmetlilik va belgili tuzilmalar vositasida ifodalanuvchi ijtimoiy xarakteri kabi asosiy xislatlari bilan belgilanadi (A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy). B.G.Ananyev insonning shaxs sifatida tizimli rivojlanishini to‘rt xil – individ, individual, subyekt va obyekt tavsifnomalariga taqsimlagan. Bunda insonning shaxs sifatida shakllanishi individuatsiya, individualizatsiya, subyektivatsiya va obyektivatsiyadan iborat, ularning mahsuli va shartlari esa shaxsdagi temperament, xarakter, motivatsiya va qobiliyatlarda namoyon bo‘ladi. Bu tuzilmalarning birgalikda mavjud bo‘lishi shaxs shakllanishi jarayonining xususiyatlarini, ulardan birontasining ustunlik qilishi esa – shaxsning yo‘nalganlik xususiyatlarini belgilab beradi. Ta’kidlab o‘tamizki, ong o‘zini anglash jabhalari tizimida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling