Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 56 Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala munosabati uni o‘zini alohida shaxs sifatida anglashni boshlashga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o‘z “Men”ini anglay boshlashi vaqtliroq yoki birmuncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba, deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko‘taring”, “Men ham boraman” kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning “o‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlaridan namoyon bo‘ladi. 3 yosh krizisi: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), shuningdek, ular bajara oladigan harakatlarni qilishni xohlaydi. “Men katta bo‘lsam mashina haydayman”, “Men sizga katta tort olib kelaman”, “Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi” kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham barcha xohishlarini bugunoq amalga oshirishga harakat qiladi. Bu ko‘pincha qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik, asosan, kattalarga qaratilgan salbiy xatti-harakat bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab unda “O‘zim qilaman” boshlanadi va bu yana qaysarlik hamda o‘jarlik bilan ko‘rinadi. 3 yosh krizisi bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganini bilishining natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga keladigan xususiyatlar iroda, layoqatlar va boshqalar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga kichik maktabgacha davri (3-4 yosh), kichik bog‘cha yoshi (4-5yosh), o‘rta maktabgacha davr (o‘rta bog‘cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o‘tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordami orqali amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, nutqini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davridir. Mashhur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi. Mana shu so‘zlardan bog‘cha yoshidagi bola tabiatning asosiy qonuni bo‘lmish serharakatligini ortiq cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolaning rivojlanishida emotsional jabha muhim omil hisoblanadi. Har qanday xatti-harakat, agar u emotsiya bilan, o‘zaro bir-birining emotsional holatini o‘qiy olmasa, o‘z emotsiyasini boshqara olmasa, samarali tarzda namoyon bo‘lmaydi. O‘zining emotsiyasini tushunish va his etish insonning shaxs sifatida o‘sishida, rivojlanishida muhim jarayon hisoblanadi. Emotsiyani anglash hamda uni еtkazib berish qiyin jarayon bo‘lib, boladan ma’lum darajada bilim va rivojlanishni talab etadi. Psixologik tadqiqotimizdan ma’lum bo‘lishicha, 95 % 4-5 yoshli bolalar insonning emotsional holatini to‘g‘ri idrok eta olishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling