Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 59 va tizimli malaka oshirish orqali ularning kasbiy mahoratini muttasil oshirib boorish ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida talab qilinishini ta’minlaydi [1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyul kuni “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori kasbga yo‘naltirish va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha davlat siyosatining yеtakchi yo‘nalishlarini ko‘rsatadi [2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son Farmonida quyidagilar oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan: – zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o‘zlashtirgan kadrlarni sifatli va yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash; – barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasi davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash; – sanoat va boshqa korxonalarda talabalarning amaliyotini tashkil etish; – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali jahon ta’lim resurslaridan, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazalarining elektron kataloglaridan foydalanish; – xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamkorligining qo‘shma dasturlarini amalga oshirish, sohadagi yutuqlarni xalqaro darajada keng yoritish; – ish beruvchilarning talab va takliflari, ilg‘or xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlar asosida mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish. Insonni kelajakka, kasbiy o‘z taqdirini belgilashga tayyorlash bu ta’limning asosiy maqsadi va еtakchi vazifasi bo‘lib, uning kelajakdagi taqdiri va uning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq zamonaviy tendensiyalar, yangi texnologiyalar, professional faoliyat talablari va mezonlaridir. Mutaxassislik va kasb tanlash bu – insonning kelajakdagi hayotining mazmuni va sifatini belgilaydigan muhim qarorlardan biridir. Shuni ta’kidlash kerakki, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish muammosi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Ko‘p asrlar davomida, an’anaviy ravishda (kamdan kam holatlar bundan mustasno) kam ta’minlangan oilalarda bolalar o‘z ota-onalarining kasblarini o‘zlashtirdilar va davom ettirdilar. O‘zgarishlar faqat mavjud holatlar, noan’anaviy vaziyatlar yoki ijtimoiy to‘ntarishlar yuz berganda, jamiyat tuzilishining jiddiy o‘zgarishi natijasida ba’zi kasblar eskirgan va keraksiz holga kelganida sodir bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham shuni kuzatishimiz mumkinki, yoshlarning kasb tanlashi kasbga bo‘lgan layoqati yoki ongli qarori asosida, ma’qul kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, o‘zlari uchun “sinab ko‘rishda” emas, balki moda- tendensiyalari, qisqa muddatli qiziqish asosida, ota-onalarning bosimi yoki do‘st va tanishlarning fikrlari asnosida tanlanmoqda. Biroq ko‘p narsa kasb tanlashning mas’uliyatliligi va jiddiyligiga bog‘liq –maktabda va universitetdagi motivatsiya va qiziqish, ish joyida muvaffaqiyatli moslashish, ta’lim va keyingi kasbiy faoliyatning muvaffaqiyati, martabaning o‘sish jarayoni, kasbiy faoliyatidan qoniqishi va natijalarga erishishi. Shu o‘rinda o‘z qobiliyatini to‘g‘ri baholash va kasb tanlashda bir qaror qabul qilish juda muhim ahamiyatga ega. Bu kelajak hayotda, mutaxassislikda o‘z o‘rnini topish imkoniyatini oshiradi. Kasb tanlashda o‘quvchi o‘z qobiliyatini to‘g‘ri baholashi va qaror qabul qilishi juda muhimdir. Bu kelajak hayotda, o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘z o‘rnini topish imkoniyatini oshiradi: bu ularga xato qilish, professional moslashish huquqini beradi. Bu tanlov eng muhim hisoblanib, shaxsning professional taqdirini belgilash jarayonining bosqichidir. Insonni kelajakka tayyorlashga, kasbiy o‘z taqdirini o‘zi belgilashga va rivojlantirishga yo‘naltirish ta’limning ishlab chiqarish faoliyati va uning tez o‘zgarishi bilan bog‘liq rivojlangan funksiyasini ta’minlashning ajralmas sharti bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu fikrga asoslangan holda ishonch bilan aytish mumkinki, ta’lim va tarbiya, xususan, “kasbga yo‘naltish” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki o‘qitish natijasida inson o‘z imkoniyatlariga keng ko‘lamda qo‘llashga ega bo‘ladi. Kasbiy faoliyatning tanlangan sohasidagi qiziqishlarini, qobiliyatlarini, moyilliklarini ro‘yobga chiqarishga ega bo‘ladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling