Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 119 avaylash va ko‘paytirish burchimiz ekanligini, tabiatni avaylab-asrash tirik muhitni va insoniyatning o‘zini saqlab qolishning yagona yo‘li ekanligini bolalar ongiga singdirish lozim. Qadim-qadim zamonlardan boshlab, atrof-olamni muhofaza qilish, ona tabiatimizni e’zozlash O‘rta Osiyo xalqlariga xos xususiyat bo‘lgan. Bu haqda qadimgi qo‘lyozmalar va ulug‘ allomalarimizning asarlari guvohlik beradi. Ularda suv, tabiat, o‘simliklar, hayvonlar va ularning atrof-muhit, tabiat bilan o‘zaro munosabatlari, aloqalari va boshqalar borasida qimmatli fikrlar yozib qoldirilgan, Garchand, u vaqtlarda ekologiya fan sifatida shakllanmagan bo‘lsa-da, lekin o‘sha davrlardayoq tabiat va undagi tabiiy muvozanat, tozalikning ahamiyati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto” xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. “Avesto”, ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va madaniyat bo‘ganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. “Avesto” tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni ma’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlaguvchi falsafadir. “Avesto”da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalar berilgan. Atrof-muhit, ko‘chalarni, butazorlar-u o‘tloqlarni, yеrni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko‘mib tashlash buyurilgan. Asarda uy hayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari ham ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, kitobda 17 xil suvning ta’rifi berilgan. Unda barcha suvlarning birikishi natijasida vujud mavjudligi ta’minlanadi, deyiladi. Albatta har bir davrning o‘z udumlari bo‘lgan. Chunonchi, Zardusht zamonidagi udumlardan biri “Sidranushlik” udumidir. Bu udumga ko‘ra, qiz bolalar 15 yoshda, o‘g‘il bolalar esa 17 yoshda dindorlarning maxsus tikilgan harir oq libosida yakka tangri Axuramazda nomi ila suv va otash yonida qasamyod etganlar. Bunday holatda qasamyod etganlar hargiz gustohlikka berilmaganlar, ona tabiat bag‘ridagi jonivor va o‘simliklarga ozor berishmagan va qo‘shnisining omonatiga xiyonat qilishmagan. Demak, zardushtlarda suv olov singari yorug‘lik, poklik, hayot, unib-o‘sish ramzi bo‘lgan. Ular Xudoning asosiy vazifasi suvni nopoklikdan asrash va uning doimiy oqib turishini ta’minlashdan iborat deb tushunishgan. Shuning uchun ham ularda har qanday holatda tabiatni va suvni pok saqlash, asrab-avaylash, tejab sarflash haqidagi da’vatlar tez-tez uchrab turadi. Unda “Inson butun umri davomida suv, otash, er, havoni, umuman, dunyodagi jamiki narsani, pok, bus-butun va pokiza asrashga majburdir. Yer, suv, olov, havoni e’zozlash qoidalarini buzgan har bir inson 400 qamchi urilib kaltaklanish jazosiga mahkum etilajak”, – deb yozilgan. Ayrim milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlarga aylanib boradi. Atrof-olamni, hayvon va o‘simliklarni, qush va hasharotlarni asrash faqatgina insonnning o‘zini hududigina emas, balki butun yer kurrasida yashovchi insonlarga tegishlidir. Albatta, buning uchun ona tabiat bilan yaqinroq tanishib olish maqsadga muvofiq. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ota-onalar o‘rni o‘ta muhimdir. Ular bilan birgalikda olib borilgan tarbiyaviy ishlar samarali natija beradi. Shuning uchun tabiat haqidagi ta’limotni va ilk tushunchalarni ota- onalar bolalarda yoshligidan boshlash kerak. Agar ota-onalar va tarbiyachi-pedagoglar hamkorlikda va o‘zaro aloqada bo‘lsa, bolalarni atrof-olamni asrash madaniyatini sezilarli ijobiy natija beradi. Ota-onalarning tabiat haqidagi qarashlari va tushunchalari o‘sib kelayotgan farzand uchun atrof-olamni asrash madaniyatini shakllantirishda asosiy va muhim o‘rin tutadi. Afsuski, ko‘pgina oilalarda, asosan, iqtisodiy va shaxsiy manfaatlar birinchi o‘rinda bo‘lib, tabiatga va atrof-olamga nisbatan befarq yoki umuman e`tibor qaratmaydilar. Ota-onalarning tabiat haqidagi qarashlari va tushunchalari o‘sib kelayotgan farzand uchun atrof-olamni asrash madaniyatini shakllantirishda asosiy va muhim o‘rin tutadi. Oilaning tabiatga yuqori axloqiy munosabatini rivojlantirishda oiladagi ekologik tarbiya alohida ahamiyatga ega. Sekin-asta bolalarda tabiat haqidagi tushunchalar shakllanadi, shaxsiy fazilatlar rivojlanadi. Bunda uzluksiz ekologik ta’limning asosi shakllanadi va ta’limning keyingi bosqichlarda mustahkamlanib boradi. So‘nggi paytlarda ekologiya mavzusi tobora dolzarb bo‘lib, ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Biz tez- tez ekologik ofatlar, muammolar, ularning oqibatlari va sabablari haqida eshitamiz. Biroq, ko‘pchilik uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling