“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
20
kerak. Hayotiy tajriba, insoniyat taraqqiyotining bir necha ming yillik mohiyati shuni ko‘rsatadiki, o‘z sohasini
puxta egallagan, yеtuk va noyob qobiliyatga ega bo‘lgan axloqsiz, ma’naviy jihatdan qashshoq mutaxassisdan
ko‘ra qalbi toza, ruhiyati pokiza, aqliy sog‘lom, g‘oyaviy chiniqqan o‘rtamiyona mutaxassis jamiyatga
ko‘proq foyda keltiradi. Chunki u jamiyat boyliklarini o‘marmaydi, talon-toroj qilmaydi, korrupsiyadan
uzoqroqda yashaydi. Insof, diyonat, vijdon, iymon singari Ilohiy olam o‘lchovlari va mezonlari dunyosida
yashaydi. Ana shunda “gunoh” degan tavqi la’natdan poklangan jamiyatni yuzaga keltirishimiz mumkin
bo‘ladi. Buning asosiy tayanchi – Oila! Millatning xaloskori, jamiyatni barkamol etuvchi mo‘tabar maskan
– Oila!
* * *
Ismoilova j.X.,
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori,
tarix fanlari doktori, professor
SHARQ ALLOMALARI OILA VA TARBIYA HAQIDA
Annotatsiya. Maqolada Sharq allomalarining oila, uning axloqiy mazmun-mohiyati, oila va nikoh
odoblari, ota-onalar va farzandlar munosabati, ularning burch hamda vazifalari, uylanish va kelin
tanlash xususidagi fikrlari yoritib berilgan. Muallif Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, ad-Dorimiy
as-Samarqandiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Farg‘oniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek kabi
mutafakkirlarimizning oila haqidagi qarashlarini tahlil qilgan.
Kalit so‘zlar: Sharq, oila, tarbiya, milliy qahramonlar, “Avesto”, qanoat, vijdonlilik.
Аннотация. В статье описаны взгляды восточных ученых о семье, ее нравственное содержание,
семейный и брачный этикет, отношения между родителями и детьми, их обязанности и
ответственность, брак и выбор невесты. Автор анализирует взгляды таких мыслителей, как
Исмаил аль-Бухари, Абу Иса ат-Термизи, ад-Дарими ас-Самарканди, Беруни, Ибн Сино, Хорезми,
Фергани, Бахауддин Накшбанд, Мирзо Улугбек.
Do'stlaringiz bilan baham: |