Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Ключевые слова: инклюзивное образование, социализация инвалидов, современное образование, 
оптимальный тип образования, право на образование.
Annotation. The article highlights the importance of inclusive education, the need for equal and decent 
education for children with disabilities, the current problems of raising children with special needs.
Keywords: inclusive education, socialization of the disabled, modern education, optimal type of 
education, right for education
Hozirgi paytda jiddiy e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan muammoga doir tadqiqot ishlarini o‘rganish, 
ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida ma’lum bo‘ldiki, imkoniyati cheklangan bolalarning teng, munosib 
ta’lim-tarbiya olishi hamma vaqt yaxshi, risoladagidek bo‘lishi, alohida e’tiborda tutilishi, nazardan chetda 
qolmasligi lozim. 
Ushbu muammo haqida Sharq mutafakkirlari Imom al-Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abu Iso 
Muhammad at-Termiziy, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib, Imom G‘azzoliy, 
Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi allomalar o‘z zamonlarida oilada, jamiyatda 
qizlar tarbiyasi va uning kamolotiga pedagogik-psixologik yondashuv muammosi to‘g‘risida yozilgan ilmiy 


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
202
va ilmiy-pedagogik mushohadalari bizgacha еtib kelgan noyob asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Abu 
Ali ibn Sino asarlarida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda, alohida e’tiborga muhtoj bolalar tarbiyasiga oid 
tavsiyalar ham beriladi. Alloma nogiron bola tengqurlari qatori ta’lim-tarbiya olishga haqli ekanini aytib
ularda ilm olishga, kasb-hunar o‘rganishga intilish kuchliligini ta’kidlaydi. 
Sharq allomalarining bola shaxsini tarbiyalash, ularning rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning ta’siri haqidagi 
qarashlari ilmiy tahlili tadqiqotchilar uchun asosiy manba bo‘lishi, shubhasiz.
Mahallalarda imkoniyati cheklangan bolalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishning ijtimoiy-
pedagogik, psixologik xususiyatlarini, o‘ziga xos imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish, ushbu yo‘nalish bilan 
bog‘liq muammolarni aniqlash, inklyuziv ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorlik 
jihatlarini asoslab berish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, alohida e’tiborga, yordamga muhtoj bolalarning 
atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishi, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan bo‘lib ulg‘ayishi, o‘z 
kundalik-maishiy ehtiyojini qondira olish ko‘nikmalarini egallashi, hayotga moslashib, ta’lim muassasalarida 
sog‘lom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda o‘qiy olishi, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatga kirishishi, 
darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishi, topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashishi uchun qulayliklar yaratadi.
Bizning fikrimizcha, mahallalarda imkoniyati cheklangan bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil 
etish – imkoniyati cheklangan bolalar uchun ularning ehtiyojlari, imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda 
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda teng imkoniyatlarni ta’minlashdan iborat.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Yer shari aholisining 15 foizga yaqinining 
imkoniyati cheklangani va achinarlisi, bu ko‘rsatkichning muntazam o‘sib borayotgani har bir insonga 
o‘zini atrofdagilar bilan teng his qilishi hamda o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish 
bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirishga undamoqda.
Ushbu muammo yuzasidan jiddiy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – jismoniy holatidan 
qat’i nazar, barcha insonlarga teng imkoniyatlar yaratishdir. Mamlakatimiz aholisining 40 foizini 18 yoshgacha, 
65 foizini esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni himoya qilish 
tizimini rivojlantirish darajasi jamiyatning insonparvarlik va uni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish darajasi, 
O‘zbekistonning huquqiy majburiyatlari va mamlakatimiz tomonidan imzolangan Xalqaro konvensiyalarni 
aks ettiradi. 
Yosh avlod haqida g‘amxo‘rlik muhim umuminsoniy qadriyatlardan biridir. Inklyuziv ta’limni 
rivojlantirish bu boradagi ahamiyatli yo‘nalishlardan biriga aylandi. Mazkur ta’lim imkoniyati cheklangan 
qiz bolalarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, bilim olish va rivojlanish imkonini beradi.
Zamonaviy ta’lim – inklyuziyada barcha, dinidan, tilidan, madaniyatidan va sog‘lig‘idan qat’i nazar 
birday, bir xil ta’lim muassassida o‘qiydilar. Ta’lim tizimining vazifasi esa har bir bola – ta’lim oluvchining 
holatiga, darajasiga moslashishi zarur bo‘ladi.
Milliy qonunchiligimiz imkoniyati cheklangan insonlarga ham o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishda teng 
huquq beradi. Konstitutsiyamizda esa ta’lim olish huquqi kafolatlangan. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatimizda 
jismoniy imkoniyatlari cheklangani sababli umumta’lim maktablariga bormayotgan bolalar ham bor.
Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillaridan biri shundan iboratki, bu ta’lim bir tomonlama bo‘lmasligi 
kerak va jamiyat inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Oddiy bolalarning 
ota-onalari farzandlari alohida ehtiyojli bolalar bilan birga o‘qishidan xavotirga tushadi. Shu sababli biz 
bunday bolalarning ota-onalari bilan ham ishlashimiz lozim. Ta’kidlash joizki, alohida ehtiyojli bolalarning 
ota-onalariga ularning farzandlari hamjamiyatning bir bo‘lagi bo‘lish huquqiga ega ekanini еtkazish, buni 
ularning ongiga singdirishimiz kerak. Zero, imkoniyati cheklangan insonlar ham katta yutuqlarga erishayotgani 
haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Buning uchun ularga o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish, ota-onalarga 
esa tanlash imkoniyatini berish zarur. 
Xulosa qilib aytganda, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, muayyan ta’lim ehtiyojlariga ega bola o‘z tengqurlari 
orasida o‘qisa, bu ko‘proq samara beradi. Birinchidan, bolaning rivojlanishida, ikkinchidan, jamiyatda bunday 
bolalar atrofidagi bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Negaki, alohida ehtiyojli bolalar bilan birga 
o‘qiydigan qizlarda ularga yordam berish, javobgarlik tuyg‘usi shakllanadi, ko‘pincha yaxshi sharoitlarda 
o‘sib-ulg‘ayayotgan bolalarga xos ayrim salbiy sifatlar yo‘qoladi. Buning samarasida bolalar birgalikda 
ishlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlashni o‘rganadi. 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling