Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
209
hisoblanadi. Odatda, axloqiy qadriyatlar deyilganda, har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlikni kasb etib, 
o‘zligini bildirib, namoyon etib, nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan 
axloqiy sifat va fazilatlar (insonparvarlik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik, halollik 
kabi) nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, axloqning asosiy tushunchalari, axloqiy tamoyillar va 
axloqiy me’yorlar birgalikda axloqiy qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Ushbu tizimning barqarorligi, bir 
vaqtning o‘zida umuminsoniylik va milliylikni birlashtira olganligi jamiyat ma’naviy taraqqiyoti va milliy 
yuksalishiga ijobiy ta’sir etadi.
Axloqiy qadriyatlar tizimining oila institutiga daxldor bo‘lgan qismi oilaviy axloqiy qadriyatlarni 
tashkil etib, unda har bir oila tomonidan qadrlanadigan, ham umuminsoniy, ham milliy axloq mezonlariga 
mos keladigan ijtimoiy-axloqiy ideallar, g‘oyalar, tamoyillar, normalar o‘z aksini topadi. Oilaviy qadriyatlar 
tizimi butun jamiyat axloqiy muhitining barqarorligiga ta’sir etadi. Oilada bolaga salomlashishdan tortib 
to‘g‘ri oqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro muloqot, jamoatchilik ichida o‘zini tutish 
singari ma’naviy-ma’rifiy, yurish-turish bilan bog‘liq qadriyatlar singdirib boriladi. Bola o‘zini anglash 
sari qadam qo‘yganidan tevarak-atrofni, yaqinlarini, unga g‘amxo‘rlik qilayotgan ota-onalarini tanishni 
va ularning xatti-harakatlariga taqlid qilish hamda o‘zlashtirishni boshlaydi. O‘zbek oilalariga xos bo‘lgan 
mehnatsevarlik, sadoqat, samimiyat, ishonch, vatanni sevish, adolat, poklik, to‘g‘rilik singari fazilatlar shaxsiy 
namuna sifatida ota-onadan farzandga bevosita singdiriladi. Urf-odat va an’analarimiz, madaniyatimizdan 
bahramand bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning hayot tarziga yoshliklaridan ota-onalariga ko‘mak berish, so‘ngra 
o‘z oilalari uchun qayg‘urish hissi singib boradi.
Oila jamiyatdagi axloqiy muhit barqarorligi kafolati sifatida globallashuv davrida turli shakl va 
mazmundagi mafkuraviy, g‘oyaviy, axloqiy tahdidlarga uchramoqda. Oila institutining barqaror axloqiy 
muhitiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri aholi migratsiyasi fenomeni hisoblanadi.
O‘zbekistonda aholi migratsiyasining ijtimoiy-axloqiy muhit, axloqiy qadriyatlar tizimidagi 
transformatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatayotganligini jamiyatimiz hayotida turli ko‘rinishdagi g‘ayriaxloqiy, 
zararli tahdidlarning paydo bo‘layotganligi, “ommaviy madaniyat”ning milliy axloqiy qadriyatlarimizga zid 
bo‘lgan turli ko‘rinishlarining kirib kelayotganligi, oilaviy munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar, oilaning 
milliy axloqiy qiyofasi va mohiyati, uning muqaddasligiga munosabat o‘zgarayotganligi, to‘ylar, oilaviy 
marosimlarni o‘tkazishda jamiyatimiz uchun yangi qadriyatlarning kirib kelayotganligi kabi jarayonlarda 
kuzatishimiz mumkin.
Mamlakatimizdagi axloqiy qadriyatlar tizimiga migratsiya va qaytish migratsiyasi (ya’ni migrantlarning 
immigrant davlatdan o‘z vatanlariga qaytishlari) jarayonlarining bevosita ta’siri va buning natijasida axloqiy 
muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ikki qismga bo‘lishimiz mumkin:
1) migratsiya tufayli jamiyatimiz axloqiy muhitida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, 
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar, millatlararo totuvlik, dinlararo tolerantlik, ijtimoiy munosabatlarning 
barcha darajalarida bag‘rikenglik axloqining qaror topib borayotganligi, migrantlar va ularning oilasiga 
nisbatan jamiyatda axloqiy mas’uliyatning shakllanayotganligi;
2) migratsiyaning jamiyatimiz etosferasi barqarorligiga salbiy ta’siri, xususan, migratsiya sababli 
terrorizm, ekstremizm va shu kabi buzg‘unchi mafkuralarning tahdidi ortganligi, “ommaviy madaniyat”ning 
turli ko‘rinishlari, axloqsizliklarning targ‘ib qilinayotganligi, milliy axloqiy qadriyatlarimizning qadrsizlanishi, 
oila institutining axloqiy mohiyati hamda qiyofasi transformatsiyaga, deformatsiyaga uchrayotganligi, 
to‘liqsiz oilalar, ajrimlarning ortayotganligi va boshqalar.
Mamlakatimiz ijtimoiy-axloqiy muhitiga aholi migratsiyasining ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy oqibatlari 
ko‘proq seziladi. Buning asosiy sabablaridan biri –migrantlar hamda yaqindagina vatanlariga qaytgan 
muhojirlar retsipiyent mamlakatda davlat va jamiyatning turli tahdidlar, axloqsiz shakllaridan himoya 
qiluvchi oila, mahalla, ta’lim muassasalari kabi ijtimoiy nazorat institutlar ta’siridan tashqarida bo‘lishadi. Bu 
esa migrant sifatida chet elda yurgan yoshlarning turli zararli illatlar, destruktiv tashkilotlar ta’siriga tushib 
qolishiga olib kelishi mumkin. Turli ko‘rinishda individual axloqiy qadriyatlari deformatsiyaga uchragan 
muhojirlarning doimiy ravishda mamlakatimizda qolgan yaqinlari, oila a’zolari, tengdoshlari bilan muloqot 
qilishlari yoki O‘zbekistonga qaytishlari axloqiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling