Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta,
hayotimiz va jamiyatimiz oʻzgaradi” 151 . Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini oluvchi ilmiy-amaliy asoslarini bugun davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamida ko‘rib o‘tamiz. Axborotlashgan jamiyatimizda bugungi kunda barcha tarmoqlar raqamlashtirilmoqda, shu bois “Raqamli iqtisodiyot” mamlakatimiz taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boshlandi. Jumladan, uning doirasida hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etildi. Yil boshidan buyon “IT Park rezidentlari” soni 35 foizga ko‘payib, ularda 6 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. Joriy yilning 8 oyida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar 26 million dollarga eksport qilingan. Kelgusi 3 yilda iqtisodiyot sohalarida yana 300 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar, umuman, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirgacha bu loyiha doirasida 567 ming o‘g‘il-qiz bepul saboq oldi. E’tiborlisi, ularning 79 foizi maktab o‘quvchilaridir. Davlatimiz rahbari loyihani har bir maktabga yеtkazish, zarur hollarda ularni qo‘shimcha kompyuterlar bilan ta’minlash, bolalarni o‘qishga keng jalb etish muhimligini ta’kidladi. “Birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, bunday o‘quv kurslari joylardagi “Yoshlar markazi”, “Ishga marhamat” mono-markazlari negizida ham tashkil etiladi. Bugungi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 100 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Kelgusi ikki yilda bunday muassasalarni 205 taga yеtkazib, 30 mingdan ziyod o‘quvchilarni o‘qitish rejalashtirilgan. Shu bois mutasaddilarga ushbu maktablar uchun pedagoglar, texnika va o‘quv dasturlarini hozirdan puxta tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Yana bir yangilik – joriy yilning 1-oktabridan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. Ushbu texnikumlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalari ham atroflicha o‘rganiladi. Kadrlar tayyorlashda o‘quv markazlari ham muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda “Aloqa bank” tomonidan ustavi 80 milliard so‘m bo‘lgan “Venchur” jamg‘armasi va IT bilimlarni rivojlantirish markazi tashkil etilishi belgilandi. Ushbu markazda kelgusi besh yilda 100 ming nafar yoshlarga dasturiy ta’minot, mobil ilovalar, tarmoq administratori kabi yo‘nalishlar bo‘yicha professional ta’lim beriladi. 149 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi. 150 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasidan. 24.01.2020-yil 151 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasidan. 24.01.2020-yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling