“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
30
bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan an’analarni, ma’naviyatni avloddan avlodga yеtkazadi. Agarda shaxsning
shakllanishida biologik, tabiiy va madaniy muhit, ijtimoiy tajriba, odamlar bilan munosabat kabi omillar
muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, bularning barchasi oilada mujassamlashgandir. Zero, shaxs
ma’naviyati,
uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotiy tamoyillari,
ideallari, qadriyatlari, ko‘nikmalar majmuyi,
asosan, oilada shakllanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “...to‘liqsiz oilalar,
ajralishlar, nikohsiz tug‘ilgan bolalar
sonining ortishi, bir jinsli oilalarning legallashuvi kabi salbiy holatlar mavjudligini, masalan, Fransiyada
nikohsiz tug‘ilgan bolalar 55%, ajralishlar 55%, to‘liqsiz oilalar 23% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar
Angliya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham shunga yaqin: mos ravishda 47,3%, 46%, 28% va 39,8%,
46%, 27%”
14
bunday holat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos ekanligini tasdiqlaydi. Shu
bois bilan
bugungi kunda yoshlarning oila muhitiga moslashuvi masalalarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shuni inobatga olgan holda, bugungi kunda oilalar orasida vujudga kelayotgan muammolarga to‘xtalib
o‘tsak.
Do'stlaringiz bilan baham: