Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Er-xotin o‘rtasida oiladagi rol va majburiyatlar taqsimoti bilan bog‘liq muammolar


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Er-xotin o‘rtasida oiladagi rol va majburiyatlar taqsimoti bilan bog‘liq muammolar: 
Er-xotinlarning o‘zaro oiladagi roli va majburiyatlari taqsimoti bilan bog‘liq nizolar va tushunmovchiliklar 
konsultatsiyaga yordam so‘rab murojaat qiluvchi juftliklar orasida eng ko‘p tarqalgan sabablardan biridir. 
Rollar bilan bog‘liq nizolar er-xotinning oiladagi rol tushunchasiga oid tasavvur, stereotiplari qay darajada 
shakllanganligi bilan bog‘liq
15
.
Ko‘pchilikda “Odatda bunday muammolar munosabatlari endi shakllanayotgan yosh oilalarga xos”, 
degan fikr yuzaga kelishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Bunday muammo bilan uzoq yillar birga hayot 
kechirgan er-xotinlar ham murojaat qilishlari ehtimoli bor. Oilada shunday turdagi muammoning kuchayishi, 
natijada er-xotin konsultatsiyaga murojaat qilishlari umuman tasodifiy emas. Munozaraning chuqurlashuviga 
oilaviy hayotda allaqachon bo‘lib o‘tgan yoki yaqin vaqtlarda bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar sabab 
bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarga farzandlarning tug‘ilishi, ularning bog‘chaga yoki maktabga qatnay 
boshlashi, kichik yoshdagi farzandining tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ayollarning ta’tildan so‘ng ishga 
chiqishlari, oila a’zolaridan birining jiddiy kasalligi, yosh oilaning ota-onalaridan ajralib chiqishlari yoki 
ularning uyiga ko‘chib o‘tishlari, farzandlarni uylantirish yoki turmushga berish muammosining mavjudligi, 
er-xotinlardan birining nafaqaga chiqishi va hokazolar kiradi. Ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin, lekin 
undagi sabablarning hammasini ma’lum bir umumiylik bog‘lab turadi, u ham bo‘lsa oilada yuzaga kelgan 
va oilaviy yumushlarni, majburiyatlarni qaytadan taqsimlashni talab etadigan o‘zgarishlardir.
Oilaviy majburiyatlarni nisbatan adolatli taqsimlash uchun er-xotinning har biri turmush o‘rtog‘i undan 
nima xohlashini va kutishini bilishi shart, qolaversa, ularning oilada nimalarni amalga oshirishlari, nimalarni 
qilmasliklari to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish samarali natija beradi. 
Butun dunyoda oila va nikoh instituti deformatsiyasi yuz berayotgan bugungi kunda haqli savol 
tug‘iladi: oila institutini saqlash uchun nima qilish kerak? Shu bois Toshkent viloyatining turli hududlarda 
oila mustahkamligini ta’minlash omillari borasida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazilgan. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling