Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


- rasm. Oila mustahkamligini ta’minlashda qonuniy nikoh rasmiylashtirishning zarurligi


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

1- rasm. Oila mustahkamligini ta’minlashda qonuniy nikoh rasmiylashtirishning zarurligi
14
Divorce demographe. htts://enwikipedia.com
15
Nye F.J. Role structure and analysis of the family. London, 1976


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
31
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 300 nafar oila qurmagan yoshlarning 272 nafari (90,7%) oila 
mustahkamligini ta’minlashda qonuniy nikohning zarur ekanligini, 16 nafari (5,3%) rasmiy nikohdan o‘tmay, 
faqatgina shar’iy nikoh ham oilani mustahkamligini ta’minlashini ta’kidladi, 12 nafar (4%) respondentlar 
“bilmayman” degan javob bilan bu masalani hali o‘ylab ko‘rmaganligini bildirishdi. Bu tadqiqot natijasiga 
ko‘ra, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishimiz va oila-nikoh munosabatlariga nisbatan 
hurmat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Shu bilan birga oila qadrlanishini va shu sababli oilani qadimdan 
qadriyat sifatida e’zozlanishini ularning ruhiyatiga singdirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi
16

Oilaviy majburiyatlarni taqsimlashda tenglik muammosi
Oiladagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq nisbatan keng tarqalgan bunday nizolar ayol kishida turmush 
o‘rtog‘ining unga xo‘jalik, uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritishda va turli xildagi kundalik yumushlarni bajarishda 
beradigan yordamidan qoniqmaslik hissini keltirib chiqarishi mumkin. Bunda ayol kishining noroziligi 
turmush o‘rtog‘i u xohlayotgan, talab qilayotgan ishlarni bajarmasligi yoki bajargan taqdirda ham vazifalariga 
sustkashlik, beparvolik bilan istar-istamas yondashishi (erning xotini talab qilayotgan hamma ishlarni bajarishi
biroq mustaqil faollik, tashabbus ko‘rsatmasligi)dan kelib chiqadi. Bu muammoni hal etishda murojaat usulini 
topish kerakki, unda ayolning xohish-istaklari ham o‘z ifodasini topsin, erkak kishi shaxsiyatining hurmat 
qilinishi ham ta’minlansin. Masalan, “Agar ozgina bo‘lsa ham sizni ro‘zg‘or qiziqtirganida edi, kartoshka 
olayotganingizda, u bilan birga sabzi va piyoz ham olish kerakligiga farosatingiz еtgan bo‘lar edi”, jumlasini 
“Qanday yaxshi, kartoshka olib kelibsiz. Lekin keyingi safar kartoshka olayotganingizda piyoz va sabzi 
olishni ham esdan chiqarmang”, tarzida nisbatan konstruktiv mazmundagi jumla bilan almashtirish samarali 
natija beradi. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling