Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Er-xotinlarning bir-birlariga nisbatan bajarib bo‘lmaydigan talablari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Er-xotinlarning bir-birlariga nisbatan bajarib bo‘lmaydigan talablari:
Ba’zi hollarda er-xotinning bir-biriga qo‘ygan talab, istaklarini bajarish imkoniyati umuman mavjud 
bo‘lmaydi, lekin shunga qaramay, bu talablarning doimo takrorlanaverishi natijasida oilaviy nizolar kelib 
chiqadi. Aslida, bunday nizolarning tub mohiyatini yanada jiddiyroq shikoyatlar tashkil etadi. Misol 
o‘rnida quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Ayol erining farzandini bog‘chadan olish uchun borishni 
xohlamasligidan shikoyat qiladi. Suhbat davomida ma’lum bo‘ladiki, erning ish vaqti ancha kech tugaydi, ayol 
esa bog‘chaga yaqinroq joyda ishlaydi, bolani bog‘chadan olish unga qulay va еngil bo‘lishiga qaramay, ushbu 
talabni qo‘yishda muttasil davom etadi. Konsultant mijozdan nima uchun eri uchun bu yumushni bajarish 
noqulayligini bilsa ham amalga oshirishni hadeb qat’iy talab qilishi sababini so‘raganida, u shunday javob 
qiladi: 
“Qo‘yavering, u ham oilasi uchun nimadir qilsin. U ham ota sifatida bola bilan biroz bo‘lsa-da 
birga vaqt o‘tkazishga majbur!” Ko‘rinib turibdiki, ayolning fikr-mulohazalari mutlaqo sog‘lom mantiqqa 
asoslanmagan, chunki otaning farzandi bilan birga vaqt o‘tkazishining boshqa usullari ham mavjud, qolaversa, 
er oilasi uchun bundan boshqa ishlarni ham qilishi zarur. Balki, bunday nizolarning zamirida boshqa sabab, 
masalan, qachonlardir bo‘lib o‘tgan dilxiraliklar uchun alamzadalik va bunga javob tariqasida, o‘ch olish 
uchun atayin bajarish mushkul bo‘lgan talablarni qo‘yish orqali jazolash maqsadi turgan bo‘lishi mumkin. 
Er va xotin qarashlari, yo‘l-yo‘riqlari o‘rtasidagi farqlar: Aksar oilaviy yumushlar va majburiyatlar 
taqsimoti yuzasidan kelib chiqadigan muammolar er-xotinlarning qarashlari va nuqtayi nazarlari o‘rtasidagi 
farqlar bilan mustahkam aloqadorlikka ega bo‘ladi. Masalan, er oshxona polini haftada to‘rt marotaba yuvish 
kerak, degan qat’iy fikrda bo‘lsa, xotin mulohazasiga ko‘ra esa bir marotaba yuvish kifoya. Oshxona poli 
haftada bir marotaba yuvilishi natijasida nizoli vaziyat kelib chiqadi. Albatta, bu arzimagan sabab tuyulsa-da, 
lekin ba’zan qarashlardagi farqlar natijasida jiddiy muammolar ham kelib chiqadi. Masalan, bolani necha 
yoshdan bog‘cha yoki maktabga berish, mehnat ta’tilini qanday o‘tkazish, jamg‘arilgan pulga nima sotib 
olish va hokazo masalalar borasida er-xotin orasida ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin. Bunday qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar oilaviy hayotda ko‘plab topiladi. 
Aslida bunday nizolarning tub sababi er-xotinlarning bir-birlarini eshitishni, bir bitimga kelishni 
bilmasliklaridadir.
16
Кулбекова Насиба Закировна. “Ёш эр-хотинларнинг оила муҳитига мослашувида социо-маданий таъсир омил-
ларининг социологик таҳлили” диссертацияси авторефератдан. – Тошкент, 2021. – Б.13.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling