Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
32
Er-xotin munosabatlarida o‘zaro ishonch va yaqinlik tuyg‘usining еtishmasligi:
Er-xotin o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro ishonch asosida qurilishi oilaviy baxtning asosiy shartlaridan 
hisoblanadi. Muloqot – murakkab va ko‘p o‘lchamli jarayon hisoblanadi, shuning uchun ham muloqotdagi 
qiyinchiliklar haqida gap ochishdan oldin uning ba’zi xususiyatlari haqida mulohaza yuritish lozim. Muloqot 
jarayonida aytilgan gaplarni tushunish bevosita muloqot darajasi hisoblanadi, lekin aytilgan gapning asl 
mohiyati “Nima uchun bu gap aytildi?” tarzida kengroq mulohaza qilingandagina ayon bo‘ladi. Er-xotin 
muloqotining chuqur tahlil etilishida subyektivizmga yo‘l qo‘yilishi ular o‘rtasida tushunmovchiliklar va 
shubha-gumonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, er yoki xotin turmush o‘rtog‘iga 
nimani, qanday qilish kerakligi haqida o‘z fikrlarini doimiy ravishda uqtirishga harakat qiladi va bu harakatlari 
uning ishlarni yanada yaxshi va tez bajarishiga yordam beradi deb, hisoblaydi. Turmush o‘rtog‘i esa uning 
bu xatti-harakatlarini hukmronlikka, ustunlikka intilish sifatida idrok etadi va shunga mos ravishda reaksiya 
ko‘rsatadi, masalan, uning talablarini atayin bajarmaydi, talablar noo‘rin ekanligi haqida e’tiroz bildiradi va 
h.k. Bunday vaziyatning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri esa bildirilayotgan fikrning 
faqat mazmunini nazarda tutgan holda uning aytilish ohangiga e’tibor qaratmaslikdir
17
.
Er-xotinning muloqot jarayonida yo‘l qo‘yayotgan xatolari va kamchiliklarini aniqlash maqsadida 
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: ular aslida o‘z gap-so‘zlari orqali nima demoqchi bo‘lgan; turmush 
o‘rtog‘i uning gaplarini qanday idrok etgan; o‘z fikr va xohish-istaklarini to‘g‘ri ifodalashning yana qanday 
samarali usullari mavjud va h.k. Ushbu masalalarni muhokama etish jarayonida er-xotinning o‘zaro 
munosabati ijobiy ko‘rinishda bo‘lmog‘i lozim
18.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling