Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
35
Arba’in ham mumtoz adabiyot davrida, ham zamonaviy davrda an’ana darajasida amal qilgan adabiy 
shakllardan biridir. 
Arba’in – muallif estetik tasavvuri asosidagi hadislarning badiiy talqiniga bag‘ishlangan asar bo‘lib, 
muallif o‘z mahorati orqali hadislar mazmuni va mohiyatini qayta yaratishga urinadi.
“Arba’in hadis”, “Chihil hadis”, “Qirq hadis” nomi bilan mashhur bo‘lgan hamda diniy arkonlar 
mazmunini tushuntirishga bag‘ishlangan asarlar ko‘pchilik Sharq xalqlari shoirlari ijodidan o‘rin olgan.
Mana shunday vazifani bajargan, ya’ni adabiy tarzda shunday solih baholanuvchi amalni bajarib, 
musulmon ummatiga hadislar mazmunini anglatgan inson mavqeyi e’zozlanib, uning faoliyatiga alohida 
e’tibor va hurmat bilan qaralgan, uning martabasi ko‘tarilgan va ulug‘langan. 
Sharq mumtoz adabiyotida Qur’on va hadislarning mazmun-mohiyati ijodkorlarni qiziqtirgan, ular 
muqaddas manbalardan ilhomlangan, muqaddas manbalarda keltirilgan g‘oyalar va qarashlar ijodkorlarni 
yangi asarlar yaratishga undagan va shu tariqa keyinchalik ijod vakillarining axloqiy g‘oyalar aks etgan 
maxsus asarlari, ya’ni “Arba’in”lar vujudga kelgan. Payg‘ambar (s.a.v.) hadislari va ularga bitilgan badiiy 
sharhlar sharq adabiyotida qadimdan mavjud bo‘lib, masalan, Adib Ahmad “Hibat ul-haqoyiq” asarida jami 
21 hadisning turkiy tildagi she’riy sharhini keltirgan
25
.
Biz tadqiq qilayotgan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliylarning “Arba’in”lari 
o‘rta asrlar sharq mumtoz adabiyotida hadislarning she’riy talqini sifatida o‘ziga xos o‘rin egallaganligini 
namoyon etadi. Ularda mazkur she’riy “Arba’in”larning asoschisi – Abdurahmon Jomiy, deb keltiriladi. 
Jomiy tanlagan hadislari Qur’on oyatlari bilan mushtarak ma’noda bo‘lib, qisqa va ravonligi, o‘quvchining 
yodlashi va tushunishiga qulaylik keltiradi.
Hadislarni sharhlashda, uning ma’no-mohiyatini keng ommaga osonroq еtkazishda adabiyotning turli 
janrlaridan, chunonchi, nazmdan samarali foydalanganlar. Musulmon olamining muqaddas kitobi Qur’on va 
unga asoslangan hadis kitoblari turli davrlarda katta qiziqish uyg‘otgani bois ularning axloqiy negizi badiiy 
adabiyotga singdirilib kelingan. Ularning talqin va sharhlari klassik adabiyotda keng o‘rin tutadi. Shu sabab 
hadislarning she’riy talqinlari o‘sha davrdagi arba’in an’analariga xos ravishda mustaqil asarlarga aylandi. 
Bu “Arba’in”lar adabiyotshunoslikda ko‘p marotaba tadqiq qilingan bo‘lsa-da, har bir hadisning arabiy
forsiy va turkiy matnlari birgalikda tahlil etilmagan.
Hadislarning she’riy sharhini talqin etish asliyat tilini va Qur’on oyatlarining tafsirini mukammal bilgan 
kishilar tomonidan amalga oshirilgan. Hadislarni to‘g‘ri sharhlashda tafsir ilmini bilish nihoyatda muhim 
hisoblanadi. Shu bois biz o‘z tadqiqotimizda har bir hadisni quvvatlovchi oyatlarni ham (ko‘rsatib) keltirib 
o‘tdik.
“Arbain”dagi hadislar o‘zgarmaydi, qo‘lyozmalarda avval asliyatdagi arab tilidagi hadis keltirilib, undan 
keyin uning she’riy sharhi qit’a shaklida talqin etilgan.
Birinchi hadis:
سيلبا ماهس نم مومسم مهس ةيبنج لاا ةأرملا ىلا رظّنلا
(tarj.: Begona ayollarga tashlangan har bir nazar shaytonning zaharli o‘qlaridan bir o‘qdir).
Jomiyda:
مرحمان لاخ و فلز نديد
تسا سيلبا ماد ديك ۀناد
دولآرهز تسيك و ان رظن ره
تسا سيلبا نامك تسشز هك
(ya’ni Nomahramning zulf-u holiga qarash iblis tuzog‘idagi hiyla donining urug‘idir. Har bir nazar 
shayton kamonining otilajak zaharli o‘qidir).
Jomiy hadis mazmunini 4 misrada shunday beradiki, arab tilidagi so‘zlar ketma-ketligi buzilmaydi
birinchi jumladagi “nomahramga qarash” ifodasi qit’aning 1- va 2-misralarida juda chiroyli sharhlanadi, 
ya’ni ayollarning ko‘rki bo‘lgan sochi va xoliga qarash shayton tuzog‘ining hiyla urug‘idir, – deb tamsil 
25
Адиб Аҳмад Югнакий. “Ҳибат-ул-ҳақойиқ”. Қосимжон Содиқов транскрипцияси, талқини ва таҳлилида. – Тoшкент: 
Академнашр, 2019. – Б. 71-104.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling