Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 48 Zamonaviy oilada bola uch avlod vakillari: ota-ona, buvi-buvalar, ularning qarindosh-urug‘ va tanish- bilish, yor-u do‘stlarining murakkab o‘zaro munosabatlari kechadigan muhitda o‘sib-ulg‘ayadi. Ma’lumki, zamonaviy-namunali oilalar qonuniy nikohdan o‘tganligi, oilaning to‘liqligi (ota ham, ona ham bor), uch nafardan kam bo‘lmagan farzandga egaligi, ota-onalar va farzandlarning oliy ma’lumotga va ishga egaligi, bobo va buvi bilan istiqomat qilishi, farovon turmush sharoitiga egaligi, jismonan sog‘lom bo‘lishga e’tiborli ekanligi, ma’naviy-psixologik sog‘lom muhitning shakllanganligi, farzandlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash kerakligi kabi mezonlarga javob berishlari kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to‘g‘risidagi ezgu g‘oyalarimizga hamohangdir. Shunga tayangan holda zamonaviy oilalar rivojlanishiga asos bo‘luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tibbiy omillar quyidagicha ifodalanishi mumkin: – zamonaviy oila jamiyatda ustuvor bo‘lgan demografik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subyektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmaydigan, jamiyatning olg‘a rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan maskan rolini o‘ynaydi; – zamonaviy oila milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg‘or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg‘unlashtiruvchi tabiiy makondir; – zamonaviy oila insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustuvor bo‘lishi va har bir jamiyat a’zosi bo‘lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o‘ynaydi; – zamonaviy oila umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizlikning ta’minlanishi uchun ma’naviy qo‘rg‘on rolini o‘ynaydigan ijtimoiy institutdir; – zamonaviy oila “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinchi renessans” degan g‘oyalarni o‘z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo‘lgan mafkuraviy muhitdir; – zamonaviy oila xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalovchi maskandir; – zamonaviy oila, har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o‘z halol va safarbar mehnati orqali ro‘zg‘orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanish va oila budjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shoxobchalaridan unumli va o‘rinli foydalanadi; – zamonaviy oila o‘z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini еtkazuvchi ijtimoiy institutdir; – zamonaviy oila o‘zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovatsion kashfiyotlar hamda yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo‘naltiruvchi, san’at sohasidagi sog‘lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir; – zamonaviy oila onalar va bolalar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimi mavjudligini hamda uni takomillashganligini tushunib, sog‘lom tibbiy muhitni yarata olganligidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyada bunyodkorlik g‘oyalari bilan birga buzg‘unchi g‘oyalarning ta’siri ham kuchli bo‘ladi. Nazarimizda, zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida aynan egotsentrizm kuzatiladi va ular o‘zlariga o‘xshash faqat o‘z manfaatinigina ko‘zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo‘lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo‘lishi lozim. Afsuski, zamonaviy yoshlarda G‘arb madaniyatiga qiziqish, milliy urf-odatlarimizga zid bo‘lsa-da, moda ketidan quvishga moyillik bor. Shu sababli ular Internet va boshqa OAV orqali uzatiladigan turli xil ma’lumotlarni psixologik ekspertizasiz qabul qiladilar. G‘arb madaniyatiga taqlid, mafkuraviy tahdidlarning asl ma’nosini tushunib yеtmaslik, umuman, globallashuvning salbiy ta’siri yoshlarda o‘ziga xos gedonistik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling