“Oilaning asosi er-xotin yoxud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning
tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush
qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand
tarbiyasida mas’uldirlar” [2],– deb keltiradi.
Hozirgi zamon o‘zbek oilalarining tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini
bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki biz bolalarning bog‘cha va maktabda olayotgan bilimlarini, aqliy
qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz
tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yondashish, aqliy,
axloqiy, mehnat, jinsiy tarbiya ehtiyojini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy
mehnat, ijtimoiy mehnatga ma’naviy-ruhiy tayyorlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz
maqsadga muvofiqdir. Busiz tarbiya jarayonini ijobiy hal qila olmaymiz.
Pedagogik-psixologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, zamonaviy oilaviy tarbiya kamchiliklarini keltirib
chiqaruvchi sabablar quyidagicha:
bolalarga kattalar tomonidan diqqat-e’tiborning yеtishmasligi, ular bilan muloqotda bo‘lish istagining
yo‘qligi;
ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushunish, hamjihatlik yo‘qligi va unga har ikki tomonlama
intilishning yеtishmasligi;
ota-onalarning farzandlarga nisbatan qo‘pol, avtoritar munosabatda bo‘lishi.
oila muhitida doimiy janjallarning qaror topganligi va ularni kamaytirish uchun harakat va intilish
yo‘qligi.
ota-onalarning beqaror his-tuyg‘ulari, mas’uliyatsizligi, ularning tartibsiz, tasodifiy xarakterga ega
ekanligi, ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlarining o‘zaro mos kelmasligi va tubdan bir-biriga qarama-
qarshiligi;
farzandlar davrasida ota-onalarning salbiy xulq-atvorlari, ularda ichkilik, giyohvandlik va kashandalik
kabi illatlarning namoyon bo‘lishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |