Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
4-mezon. Jismoniy sog‘lomlik:
• har bir mahallada sog‘lomlashtirish punktlarining tashkil etilganligi; • tibbiy bilimdonligi, savodxonligining shakllanganligi; • reproduktiv salomatlik haqida tasavvurlarning shakllanganligi; • sog‘lom turmush tarziga rioya qilinganligi; • oilaning sanitariya-gigiyena holatining yaxshiligi; • muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi. Demak, oiladagi sog‘lom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiya; еtarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila a’zolarining ta’lim yo‘nalishida oliy ma’lumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida e’tibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi. Zamonaviy oilalarni tarkib toptirish orqali jamiyatni barqarorlashtirish, yuksaltirishga erishiladi. Ammo keyingi paytlarda xalqimizga xos bo‘lmagan ayrim illatlar – oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosog‘lom muhit, ma’naviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qo‘l urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-ma’naviy muammolarni kuzatamiz. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uyg‘otadi. Oilalar barbod bo‘lishiga quyidagi omillar asosiy sabab bo‘lmoqda: 1. Psixologik omil – oiladagi og‘ir psixologik muhit, o‘zaro tushunishning yo‘qligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qo‘yish, bir-biriga befarqlik; 2. Ijtimoiy omil – ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotin salomatligining yaxshi emasligi; 3. Ma’naviy-axloqiy omil – er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari; 4. Iqtisodiy omil – turar joy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yеtishmovchilik, ishsizlik, erning oilani ta’minlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik. Bunday noxush holatlarni bartaraf etishda oilalar bilan ishlash, farovon oilani jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ko‘rish uchun “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tizimi qoshida tashkil qilingan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini yanada optimallashtirish ishlarini olib borish muhim, albatta. Respublikada 2019-2020-yillarda oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar oila ilmiga maxsus o‘rgatildi. Oilaning ijtimoiy-psixologik muammolarini bartaraf etish orqali oilalarni zamonaviy namunali mezonlar asosida tavsiflash maqsadida kuzatish, so‘rov ishlari olib borildi. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida ma’lum darajada xulosaga kelindi: o‘zbek oilalari o‘z oilalarini zamonaviy, namunali oilalar safida bo‘lishini xohlaydilar. Ammo ayrim shart-sharoitlar, turli omillar bunday xohish amalga oshishining kamayishiga ta’sir etishidan xavotirlanadilar. Shu bois tadqiqotimizda ba’zi usul va vositalar yordamida zamonaviy oilalar safini kengaytirish bo‘yicha takliflarni o‘rgandik. So‘rov natijalariga ko‘ra, ushbu tavsiyalar olindi: 1. Buyuk allomalar: Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy va boshqalar; ma’rifatparvarlar: Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida oila tarbiyasiga oid berilgan g‘oyalardan foydalanish (odob-axloqi go‘zal, jismonan va ma’nan еtuk avlodni tarbiyalashning yagona yo‘li barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib bo‘lmasligini ta’kidlashgan). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling