BAJARDI; TISHABOYEVA NOZIMA - Inson paydo bo’lgandan beri tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo’lgan vaqtdan buyon o’qituvchilik-pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O’qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli va o’ta ma`suliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan. Jamiyat, fan va madaniyatning rivojlanishi ta`lim va tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishiga bog’liqdir. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.
- «Ta`lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta`lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo’nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o’qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog’liq. Zero, o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog’lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta`minlovchi muhim omildir.
- Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo’lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog’liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya`ni faqat tarbiyasini emas, ma`naviy qiyofasini ham yo’qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo’ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo’lganligining o’zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho’qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. 1988 yil YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga «Makarenko yili» deb e`lon qilindi.
- A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’rganish zarurligini ta`kidlab, shunday deydi: «Nima uchun oliy texnik o’quv yurtlarida materiallar qarshiligi o’qitiladi-yu, pedagogik o’quv yurtlari tarbiya jarayonida, unga shaxsning qarshilik ko’rsatishi haqidagi fan o’qitilmaydi?» Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas`uliyat bilan qarashdi
- Bu fanning tuzilish prinsipining o’ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta`sir eta olishni ta`minlaydigan va turli fanlarga bog’liq bo’lgan bilimlarni tanlab, ularni o’zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o’quvchiga ta`sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqarii, teatr pedagogikasi va notiqlik san`ati haqidagi ma`lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o’rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
- Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Pedagogik mahorat asoslari» fanining maqsadi talabalarda pedagogik jarayonni mustaqil, yuqori saviyada tashkil etish va o’z faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishish malakalarini shakllantirish bo’lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal etish, bo’lajak pedagog shaxsida ba`zi bir xislatlarni tarkib toptirish bilan bog’liq: •
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |