Zamonaviy ta’lim menejmenti o’qituvchisi va unga qo’yiladigan talablar
I BOB “Boshqaruv” (“menejment”) tushunchasining mohiyati. “Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish” tushunchasining tavsifi.
Ta’lim muassasasi menedjerining huquq va majburiyatlari. Ta’lim menedjerining kompetensiyalari.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari. Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish, davlat-jamoatchilik tamoyiliga ko‘ra boshqarishning psixologik-pedagogik asoslari.
II BOB Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar
Ta’lim menejmenti. Pedagogik mahorat asoslari.
O`qituvchining tashqi ko`rinishi va pеdagоgik yo`nalganligi.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo`nalish sifatida e‘tirof etildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunida uzluksiz ta‘lim tizimining mohiyati, yo`nalishlari, ta‘lim mazmuni, ta‘limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me‘yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
fuqarolarga ta‘lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslari;
ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;
pedagogk faoliyat bilan shug`ullanish huquqi;
ta‘lim muassasasining haquqiy maqomi;
ta‘lim tizimi va turlari;
ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy xumoya qilish;
8) ta‘lim tizimini boshqarish.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunida alohida urg`u berilganidek, ta‘limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potentsialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |