Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir


Download 1.22 Mb.
bet1/11
Sana02.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#201435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5197197228896160715


Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend, doska-bloknot, grafoproektor, elektron darslik va videodarslikni misol keltirishimiz mumkin.



Grаfоprоеktоr — shаffоf plyonkаdаgi tаsvir (slаydlаr) ni ekrаngа prоеktsiyalаsh uchun qo‘llаnilаdigаn jihоz hisоblаnаdi. Undаn mа‘ruzа vаqtidа mаtеriаllаrni nаmоyish qilish uchun, shuningdеk guruh ishlаri tаqdimоtidа yordаmchi vоsitа sifаtidа fоydаlаnilаdi. Kоdоskоp fоydаlаnish uchun qulаy mоslаshuvchаn vоsitа bo‘lib, bir mаrtа tаyyorlаngаn plyonkаdаn ko‘p mаrtа fоydаlаnish mumkin, bundаn tаshqаri dоskа bo‘lmаgаn hоllаrdа аsоsiy tushunchа g‘оyalаr vа nаtijаlаrni o‘qituvchi plyonkаgа flоmаstеr yordаmidа to‘g‘ridаn-to‘g‘ri yozib ko‘rsаtish hаm mumkin.

EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari.



Hozirgi kunda ta‘lim jarayonini EHM siz tasavvur qilish qiyin.

Allaqachon kompyuter o‘qituvchi uchun ham talaba uchun ham asosiy vositaga aylanib ulgurgan. Kompyuterning afzallik taraflari anchagina.Uning yordamida electron darslik va juda katta hajmli ma‘lumotlarni ihcham holatda saqlash va foydalanish imkoniyati mavjud.Kamchiligi nurlanish tufayli inson salomatligi uchun zararlidir. Kompyuter orqali elektron darslikdagi masala yechilishini quyidagichanamoyish etish mumkin.

Masala. y=x2-2x+3 funksiyaning grafigini yasang va uni y=x2 funksiya grafigi bilan taqqoslang.



y=x2-2x+3 funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzamiz:

x

-3

-2

-1

0

1

2

3

y(x)

18

11

6

3

2

3

6

Topilgan nuqtalarni yasaymiz va ular orqali silliq egri chiziq o'tkazamiz.

1) + 2 funksiyaning grafigi y = (x- 1)2 parabolani ikki birlik yuqoriga siljitish bilan hosil qilingan parabola bo'ladi.

Shunday qilib, y = x2 - 2x + 3 funksiyaning grafigi y = x2 parabolani bir birlik o'ngga va ikki birlik yuqoriga siljitish natijasida hosil qilingan parabola bo'ladi.

Dоskа-stеnd — mаshg‘ulоtlаrdа o‘quv munоzаrаlаri, аqliy hujum, guruh ishlаri vа bоshqа muhоkаmаlаr nаtijаlаrini hujjаtlаshtirishdа fоydаlаnilаdigаn o‘qitishning tеxnik vоsitаsidir. Bundа stеndgа o‘shа kаttаlikdаgi qоg‘оz qo‘yilаdi vа ungа turli rаngdаgi hаmdа shаkldаgi kаrtоchkаlаr yopishtirilаdi. Mаshg‘ulоt vаqtidа stеnddа mаzkur kаrtоchkаlаr yordаmidа sxеmаlаr, tuzilmаlаr, shаrhlаr vа shu kаbilаrni tuzish mumkin. Dоskа-stеndning аfzаlligi shundаki, undа kаrtоchkаlаr (sxеmаlаr, tuzilmаlаr, shаrhlаr vа hokazo) jоylаshuvini xоhlаgаn vаqtdа o‘zgаrtirish imkоniyati mаvjud. Shuningdеk dоskа–stеnd bilаn ishlаgаndа qisqа vаqt ichidа bаrchа tinglоvchilаrning fikr– mulоhаzаlаri vа g‘оyalаrini qаmrаb оlish vа qаyd etish imkоniyatigа egа bo‘linаdi.

Algebrani ananaviy o‘qitishda o‘qituvchiga doska, bo‘r yetarli bo‘ladi, lekin biz bilamizki, har qanday maktab yoshidagi bolaning diqqat e‘tiborini ko‘pi bilan 20 daqiqagina jalb etish mumkin. Bu qisqa vaqt ichida o‘quvchiga kerakli ma‘lumotlar yetkazilishi lozim bu esa har qanday pedagokdan katta mahorat talab qiladi. Algebraning ba‘zi mavzulari uchun jumladan: trigonometriya, funksiya tushunchasi kiritilayotgan vaqtda an‘anaviy ta‘lim vositalarining o‘zi kamlik qiladi, bu mavzularni maxsus ko‘rgazmali qurollar yordamidan foydalangan holda o‘quvchilarga yetkazib berish maqsadga muvofiqdir. Masalan proektor yordamida berilgan funksiyaning grafigini namoyish qilish orqali ushbu funksiyaga oid boshqa tushunchalarni ham izohlab ketish mumkin.




Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling