Zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish
Monolit tizimlar (monolit yadro)
Download 127.75 Kb.
|
Zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish
Monolit tizimlar (monolit yadro). Mohiyatiga ahamiyat beriladigan bo‘lsa, operatsion tizimlar -oddiy dasturdir, shuning uchun ham, uni deyarli barcha dasturlar kabi tashkil etish, ya'ni protsedura va funksiyalardan iborat ko‘rinishda yaratish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu holda operatsion tizimlar komponentalari mustaqil modullardan iborat bo‘lmay, balki bitta katta dastur tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi. Operatsion tizimning bundayt tuzilishi monolit yadro (monolithic kernel) deyiladi.
Umumiy holda, monolit tizim “strukturasi” uning strukturasi yo‘qligidir. Operatsion tizim, har biri zarur vaqtda bir-birini chaqirishi mumkin bo‘lgan protseduralar to‘plmidan iboratdir. Bu holda, tizimning har bir protsedurasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan interfeysga egadir. Bunday monolit tizimni ko‘rish uchun, hamma alohida protseduralarni kompilyatsiya qilib, keyin ularni yagona ob'yekt fayliga birlashtiriladi (komponovkachi yordamida). Bunday tizimlarga, UNIX ning ilk versiyalari va Nowell Net Ware misol bo‘la olishi mumkin. Har bir protsedura bir-biri bilan bog‘lana oladi. Modulli strukturadan farqli ravishda, modulli strukturada har bir protsedurani maxsus kirish nuqtalari orqali chaqirish mumkin. Xatto bunday monolit tizimlar har baribir ozgina strukturalashtirilgan bo‘ladi. Operatsion tizim qo‘llaydigan tizimli chaqiriqlarga murojaatda parametrlar qat'iy belgilangan. Masalan, registrlar yoki stek kabi joylarga joylashtiriladi, keyin esa, yadro chaqirig‘i yoki supervizor chaqirig‘i kabi mahsus uzilish komandalari bajariladi. Bu komanda mashinani foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga (supervizor rejimi ham deyish mumkin) o‘tkazadi va boshqaruvni operatsion tizimga uzatadi. Keyin esa operatsion tizimlar, qaysi tizimli chaqiriq bajarilishi kerakligini aniqlash uchun, chaqiriq parametrlarini tekshiradi. Bunday so‘ng, Operatsion tizim protseduralarga ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan jadvalni belgilaydi va mos protsedurani chaqiradi. Bunday tashkil etilgan operatsion tizimlar quyidagi strukturaga ega bo‘ladi: 1. Bosh dastur - u talab qilinadigan servis protseduralarini chaqiradi. 2. Tizimli chaqiriqlarni amalga oshiradigan xizmatchi protseduralar to‘plami. 3. Xizmatchi protseduralarga xizmati qiladigan utilitalar to‘plami. Bu modelda, har bir tizimli chaqiriq uchun bittadan xizmatchi prsedura mavjuddir. Utilitalar, bir nechta servis protseduralarga kerak bo‘lganfunksiyalarni bajaradi. protseduralarni uchta qatlamga bo‘lish quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Monolot operatsion tizimni oddiy strukturalashtirish Download 127.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling