Zamonaviy televizion studiya
Televideniyeda foydalaniladigan mikrofonlar va ularning turlari
Download 188.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy televizion studiya
7.
Televideniyeda foydalaniladigan mikrofonlar va ularning turlari. «Mikrofon» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, mikros – kichkina, phone – ovoz ma’nosini anglatadi. Mikrofonlarning asosiy vazifasi ovoz tebranishini elektr toki tebranishiga aylantirib berishdan iborat. Ko‘mirli mikrofon. Ko‘mirli mikrofon 1877-yil Emil Berliner tomonidan ixtiro qilingan va Devid Xyuz tomonidan takomillashtirilgan. Ko‘mirli mikrofon mikrofonlar ichida birinchi bo‘lib ixtiro etilgan bo‘lib, ko‘mir kukunining qisilishi natijasida unga kelayotgan bosim orqali ovozga aylangan. Induksion g‘altakli mikrofon. Bu mikrofonlar ishlash jarayonida elektromagnit induksiya paydo bo‘ladi, ya’ni 50 akustik energiyani elektr energiyaga aylantiradi. Energiya magnit maydonidagi g‘altakning harakati ostida doimiy magnit maydonini hosil qiladi. Kondensatorli mikrofon. Bu mikrofonlarning ularga o‘rnatilgan kondensator hajmiga bog‘liq. Unga ovoz to‘lqinlarining kelib urilishi natijasida uning plastinasi harakatga keladi, ya’ni ovoz tebranishi hosil bo‘ladi. Pyezoelektrik mikrofon. Ushbu mikrofon kristalli mikrofon deb ham ataladi. U shunday effektda ishlaydiki, bunda unga elektr zaryadi yuborilganda uning ustki qismidagi kristall jism ovoz bosimi ostida deformatsiyalanadi. Elektromagnit mikrofon. Bu turdagi mikrofonlarda ovoz magnit maydonining o‘zgarishi natijasida, ya’ni harakatdagi 51 yakor orqali paydo bo‘ladi. 8. TATU Mediamarkazi haqida umumiy ma’lumot bering. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oʼquv media markazi Oʼzbekiston Respublikasi va Yaponiya Hukumatlari oʼrtasida imzolangan Аnglashuv Memorandumi asosida tashkil etilgan. Markazning maqsadi: Universitetda taʼlim jarayonini bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashuvida faol ishtirok etgan holda vatanimizdagi televizion va media mahsulotlar bozorini rivojlantirish, taʼlimga yoʼnaltirilgan oʼquv media maxsulotlari yaratgan holda daromad olish, televizion texnologiyalari sohasida jaxon darajasidagi yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali hodimlar zaxirasini yaratish va ish oʼrinlarini kengaytirish. Markazning vazifalari: Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʼor standartlarini taʼlim jarayoniga joriy etish; taʼlim tizimida eng soʼnggi zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash; shuningdek, talabalarga nazariy bilimlar berish bilan birga ularda amaliy koʼnikmalarni ham rivojlantirish; taʼlim jarayonini ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashuvida faol ishtirok etish; media ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish kurslarini hamda qisqa muddatli ixtisoslik kurslari koʼrinishidagi treninglarni tashkil etish; Oʼzbekiston Oliy va oʼrta maxsus va umumtaʼlim muassasalari rahbar hodimlari va professor-oʼqituvchilarining media kompetentliligini oshirishga qaratilgan oʼqitish faoliyatini olib borish; media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur oʼrganishga oʼz istagini bildirgan universitet, uning filiallari va unga qarashli oʼrta-maxsus kasb hunar taʼlimi muassasalari hodimlari va talabalarini tanlov asosida oʼqitish; masofaviy taʼlim uchun turli koʼrinishdagi interaktiv, media oʼquv manbaalari, videodarslarni yaratish. Oʼquv media markazida jami 48 nafar tinglovchiga moʼljallangan 2 oʼquv auditoriyasi, jami 52 nafar tinglovchiga moʼljallangan televizion studiya, kichik pavilьon, rejissyorlik pulьt xonasi, oʼquv montaj laboratoriyasi, professional montaj studiyasi, ovoz yozish studiyasi, fotostudiya, virtual televizion studiyasi kabi oʼquv laboratoriya xonalari bilan taʼminlangan va 24 kishilik filьmlar koʼrigi xonasi mavjud. Oʼquv laboratoriyalari va oʼquv-maʼruza xonalarining umumiy maydoni 584.2 kv.m.ni tashkil etadi. Download 188.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling