Zamonaviy usullar orqali yangi ta’lim sari annotatsiya
Kalit so’zlar: pedagogika
Download 367.53 Kb. Pdf ko'rish
|
ZAMONAVIY USULLAR
Kalit so’zlar: pedagogika, zamonaviy ta’lim, zamonaviy pedagogik usullar,
metodlar. Shu kungacha yosh avlodni tarbiyalashda ularga ta’lim berishda foydalanish uchun juda ko’plab innovatsion texnologiyalar yaratilmoqda, lekin bularning hammasi ham birdek natija bermay qolayapdi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o’quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta’minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo’ymoqda. O’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an’anaviy usullardan farqli o’laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o’zlashtirish va ta’lim jarayonida qo’llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Albatta, ilg’or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta’limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo’lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritgan. Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg’or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o’zlashtirishimiz, ularni o’z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo’ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta’riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko’zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir. Zamonaviy ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik usullarning qo’llanilishini talab etar ekan, quyida bir nechta ta’lim usullari bilan tanishib chiqamiz. Sinkveyn (axborotni yig’ish) usuli. Metodni qo’llash jarayonida talabalardagi tarqoq axborotli jarayonlar astasekin bosqichma-bosqich yo’naltirilgan axborotli jarayonga aylantirib boriladi. Ya’ni, o’rganilmagan bilimlar mavzuni o’rganish davomida o’rganiladi, muayyan ob’ektiv voqelik to’g’risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun talabalarda besh imkoniyat mavjud bo’ladi. Ya’ni sinkveyn besh qatordan iborat o’ziga xos “oq she’r” (qofiyasiz) bo’lib, o’rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, voqea) qat’iyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali talabalar o’z fikrlarini to’plash, ularni ixcham ifodalash, turli mulohazalarni sintezlash va mavzu bo’yicha to’g’ri xulosalarni takomillashtirishga o’rganishadi. J.Still, K.Meredis, Ch.Templning “O’qish va yozish tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun” dasturida o’quvchi va talabalar faolligini oshiruvchi, ularning tanqidiy fikrlashini o’stiruvchi qator usullar kursatib utilgan. Shulardan ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Sinkveyn – fransuz
tilida «5
qator» ma’nosini bildiradi. Sinkveynma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish)ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo’lib, unda o’rganilayotgan tushuncha(hodisa, voqea, mavzu) to’g’risidagi axborot yig’ilgan holda, o’quvchi so’zi bilan turli variantlarda va turldi nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish- murakkab g’oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so’zlar bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Sinkveyn tuzish qoidalari: 1-qator: Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi (odatda ot tanlanadi). 2-qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi). 3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi). 4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat bo’lgan fikr yoziladi (4 ta so’zdan iborat jumla yoziladi). 5-qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo’lgan bitta so’z yoziladi (mavzuga sinonim so’z yoziladi). Sinkveynlar quyidagi hollarda juda foydali bo’ladi: murakkab axborotni sintezlash uchun vosita sifatida; o’quvchilar tushunchalarining yig’indisini baholash vositasi sifatida; ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida. Download 367.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling