48
2. Sarlavha
3. Asosiy reklama matni
4. Exo-ibora
1. “Slogan” (slaugh-gharim) kel’t tilidan olingan bo`lib, “jangovar
chaqiriq” ma`nosini anglatadi. Bu qisqa, tushunarli va
нengil talaffuz etiluvchi
ibora, tasvir nomining yoki savdo markasining asosiy mantiqiy elementidan iborat
bo`lib, firmaning mohiyati va falsafasini, uning
turli sohalardagi bir butun
siyosatini iifodalaydi. Sloganning o`rtacha hajmi 4-5 so`zdan iborat bo`lib,
maksimal hajmi esa qoida bo`yicha 7 ta so`zdan oshmaydi.
Slogan quyidagicha bo`lishi zarur:
qisqa
esda qoladigan
savdo markasi nomidan iborat bo`lishi
boshqa tillarga to`liq darajada tarjima qilanadigan bo`lishi
Sloganlarga namunalar:
VOLVO – hayotni sevuvchilar uchun
Maxwell House – oxirgi tomchisigacha yaxshi
Bilayn – hayotnig yorqin tarafida bo`l
49
Fanta - iching, quvonchga to`ling!
Coca-cola – rohatbaxsh ta`m!
Ko`ramizki, iboraning qisqaligi va tushunarliligi
reklama qilinayotgan
firmaning sloganini osongina yodda saqlashga imkon beradi,
keyinchalik ushbu
ibora muhlislarda jamlangan effektni yuzaga keltiradi. Ushbu firmaning nomini
eslaganda biz osongina uning sloganini ham ayta olamiz.
2. Sarlavha – reklamaning so`zli qismining eng muhim jihatlaridan biridir.
Sarlavha odatda kuchli reklama motivi va reklama argumentini dolzarblashtiradi.
Qoida bo`yicha sarlavhani o`qiganlarning 80 foizga
yaqini keyinchalik asosiy
reklama matni bilan qiziqmaydi va u bilan tanishmaydi. Shu sababli reklama
sarlavhasining eng muhim vazifasi – potensial iste`molchilarning e`tiborini tortish
va ularda reklama matnini o`qishga qiziqish uyg`otish zarur.
Buning uchun
sarlavha quyidagi xarakterga ega bo`lishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: