Zamonaviy xorijiy publitsistik matnlarda til va uslub muammolari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy xorijiy publitsistik matnlarda til va uslub muammolari
III BOB BO‘YICHA XULOSA:
Reklamalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: jumladan, lingvistik birliklarning qo‘llanishiga ko‘ra, reklamaning nima haqida axborot berayotganligiga ko‘ra, tovar va xizmatlarning kategoriyasiga ko‘ra, matn qaysi vosita orqali berilayotganligiga ko‘ra, ta’sir doirasiga ko‘ra, reklama kimlarga mo‘ljallanganligiga va axborotni yetkazish usullariga ko‘ra. Reklamalarning bu turlari matn tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Reklama – bu oddiy matn emas balki, stilistik bo‘yoq va ekspressiv ta’sirchan so‘z va so‘z birikmalari orqali mahsulotni keng jamoatchilikka taqdim etish, mahsulotni kelajakda xaridorgir brend tovarga aylanishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Tarjimaning eng murakkab turlaridan biri, reklama matnlari tarjimasidir. Chunki reklamani o‘z tiliga tarjima qilishnigina o‘zi kifoya emas. Siz hattoki murakkab bo‘lgan texnik ko‘rsatmalarni osongina tarjima qila olish bu reklama e’lonlarini aniqlik bilan boshqa tilga o‘gira olishingizni kafolatlaydi degani emas. Tasvirlar reklamaning eng muhim jihatlarini ifodalasa, iste’molchining hissiy munosabatini faollashtirsa, xabarning so‘zli qismi esa intellektual faolligin kengaytirishga va reklama beruvchining qat’iy belgilangan takliflarini yo‘naltirishga yordam beradi. So‘zli matn muallif tomonidan reklama xabariga aylantirilgan butun mazmuniy quvvatni namoyon etadi. Tadqiqotimiz davomida shunday xulosaga keldikki, xorijiy reklama matnlarini tarjima qilish mahsulotning spesifikaziga bog‘liq bo‘lib, reklama matnida qo‘llangan uslubiy priyomlar mahsulot turidan kelib chiqadi. Mayishiy texnika vositalari reklamalarida asosiy urg‘u mahsulotga o‘ta yuqori baho berishga qaratilsa, kiyim- kechak reklamalarida mahsulotni bo‘rttirish, oziq-ovqat reklamalarida esa mahsulotni tavsiflashga e’tibor qaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling