Zamonaviy xorijiy publitsistik matnlarda til va uslub muammolari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1042318
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Zamonaviy xorijiy publitsistik matnlarda til va uslub muammolari

III BOB BO‘YICHA XULOSA: 
Reklamalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: jumladan, 
lingvistik birliklarning qo‘llanishiga ko‘ra, reklamaning nima haqida axborot
berayotganligiga ko‘ra, tovar va xizmatlarning kategoriyasiga ko‘ra, matn qaysi 
vosita orqali berilayotganligiga ko‘ra, ta’sir doirasiga ko‘ra, reklama kimlarga 
mo‘ljallanganligiga va axborotni yetkazish usullariga ko‘ra. Reklamalarning bu 
turlari matn tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. 
Reklama – bu oddiy matn emas balki, stilistik bo‘yoq va ekspressiv 
ta’sirchan so‘z va so‘z birikmalari orqali mahsulotni keng jamoatchilikka taqdim 
etish, mahsulotni kelajakda xaridorgir brend tovarga aylanishiga xizmat qiluvchi 
vosita hisoblanadi. 
Tarjimaning eng murakkab turlaridan biri, reklama matnlari tarjimasidir.
Chunki reklamani o‘z tiliga tarjima qilishnigina o‘zi kifoya emas. Siz hattoki 
murakkab bo‘lgan texnik ko‘rsatmalarni osongina tarjima qila olish bu reklama 
e’lonlarini aniqlik bilan boshqa tilga o‘gira olishingizni kafolatlaydi degani emas. 
Tasvirlar reklamaning eng muhim jihatlarini ifodalasa, iste’molchining 
hissiy munosabatini faollashtirsa, xabarning so‘zli qismi esa intellektual faolligin 
kengaytirishga va reklama beruvchining qat’iy belgilangan takliflarini 
yo‘naltirishga yordam beradi. So‘zli matn muallif tomonidan reklama xabariga 
aylantirilgan butun mazmuniy quvvatni namoyon etadi. 
Tadqiqotimiz davomida shunday xulosaga keldikki, xorijiy reklama 
matnlarini tarjima qilish mahsulotning spesifikaziga bog‘liq bo‘lib, reklama 
matnida qo‘llangan uslubiy priyomlar mahsulot turidan kelib chiqadi. Mayishiy 
texnika vositalari reklamalarida asosiy urg‘u mahsulotga o‘ta yuqori baho berishga 
qaratilsa, kiyim- kechak reklamalarida mahsulotni bo‘rttirish, oziq-ovqat 
reklamalarida esa mahsulotni tavsiflashga e’tibor qaratiladi.


72 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling