Zamonaviy xorijiy publitsistik matnlarda til va uslub muammolari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy xorijiy publitsistik matnlarda til va uslub muammolari
I Bob bo‘yicha xulosa
Publitsistika insoniyatning hayotni bilish, uni idrok etish, olamda yuz berayotgan voqea va hodisalardan xabardor bo‘lish va ulardan o‘zi uchun tegishli xulosalar chiqarish vositasi sanaladi. Publitsistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ‘ibot-tashviqot xarakterda bo‘lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo‘llanilishi va tilimizda me’yorlashishiga sabab bo‘ladi. Publitsistikada so‘zning vazifaviy-uslubiy xususiyatlari va maqsadining yuzaga chiqishini ta’minlashdagi emotsional-ekspressiv imkoniyatlari gazeta matnlarida namoyon bo‘ladi. Publitsistika davrning ijtimoiy siyosiy va boshqa dolzarb masalariga bag’ishlangan adabiy ijod turi. Uning vazifasi ijtimoiy fikr uyg’otish va uni shakllantirish ma’lum maqsadga yo’naltirish, hujjatli fakt ma’lumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o’tmish va kelajak faktlari publitsistikaning predmitidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat ong qarashlarning salmog’i ortgan sari publitsistning, ya’ni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifodalash tamoyili ham oshdi. Publitsistika fan, san’at, adabiyot asarlari tarkibiga tobora ko’proq kirib bormoqda. Publitsistik ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bo’lishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. Publitsistik uslub davriy matbuot, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, ommaviy- siyosiy mavzudagi ma’ruzalar uslubidir. Bu uslubdan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda keng foydalaniladi. Publitsistikaning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning o’zaro birikuvidan iborat. Publitsistika janrida obraz 22 o’ziga xos me’yorda qo’llaniladi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari o’zining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon bo’ladi. Publitsistikaning informatsion qismida obraz va obrazlilik qisman cheklangan, aksariyat hollarda esa ortiqcha hisoblanadi. Chunki bu qism publitsistikaning asosiy vazifasi ommaga faktlar, voqea va hodisalar haqida xabar beradi, yangiliklar yetkazadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling