Zamonaviy yondashuv: o‘qib, eshitib tushun, krni og‘zaki va yozma bayon qil
Download 183.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy yondashuv o‘qib, eshitib tushun, fikrni og‘zaki va yozma bayon qil
/ Zamonaviy yondashuv: o‘qib, eshitib tushun, krni og‘zaki va yozma bayon qil Ta’lim tizimida barcha fanlarning o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, har bir fan shaxs kamolotining u yoki bu maqsadlari amalga oshishiga qaysidir ma’noda hissa qo‘shadi. Biror fanni o‘zlashtirish esa o‘quvchidan ma’lum darajadagi til malakasini talab qiladi. Fanlarni o‘zlashtirish jarayonidagi o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, xususan, berilayotgan ma’lumot mohiyatini to‘liq anglab yetmaslik ko‘p hollarda ularning ona tili malakasi yetarli darajada shakllanmaganidan darak beradi. Lingvistik malakaning umumiy bilish, o‘zlashtirish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqligi jahon ilm-fan tadqiqotlarida ham ko‘p marotaba o‘z tasdig‘ini topgan. Kundan-kunga rivojlanib borayotgan dunyo talablaridan biri bo‘lgan chet tilini bilish, uni o‘rganish ham bevosita birinchi til ko‘nikmalari qay darajada yaxshi rivojlanganiga bog‘liq. UNESCO bosh direktori Irina Bokova chiqishlaridan birida: “Ona tili ta’limi jamiyat va undagi fuqarolar ongini rivojlantirishni ta’minlaydigan sifatli ta’lim tizimining eng muhim tarkibiy qismidir”, degan edi. Uzoq yillar davomida mamlakatimizdagi ona tili ta’limida amal qilib kelingan yondashuvda asosiy urg‘u tilning grammatikasi va struktural tomoniga qaratilgan edi. Ammo xalqaro tajribada til ta’limida, ayniqsa, ona tili ta’limida birinchi navbatda, o‘quvchilarning shu tildagi to‘rt malakasi: o‘qib tushunish, eshitib tushunish, krni og‘zaki va yozma bayon qilish kabilarni parallel tarzda shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor qaratiladi, chunki kishining biror tilda egallagan malakasi aynan mana shu to‘rt ko‘nikma orqali yuzaga chiqadi. Shunga asoslangan holda tilni bilish darajasi shu ko‘nikmalar bilan baholanadi. Ta’lim tizimi yo‘nalishidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, baholash ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Odatda nima baholansa, o‘sha o‘qitiladi. Ona tilidan boladagi til malakasining baholanishi oxir-oqibat bolaning ona tilida o‘z krini erkin bayon qila olishiga, tildan samarali foydalana olishiga olib keladi. Prezidentimizning 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, konsepsiyaning asosiy yo‘nalishi sifatida: davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish va davlat tilining ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish belgilab berilgan. Mazkur farmonni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Xalq ta’limi vfzirligining Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bir qator loyihalar ishlab chiqilgan. Mana shunday loyihalardan biri “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish loyihasi”dir. Loyiha mazmuniga ko‘ra, 14 ta – boshlang‘ich sinf fanlari, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, tarix, davlat va huquq asoslari, geogra ya, zika va astronomiya, kimyo, biologiya, pedagogika, psixologiya fanlaridan tegishli baholanuvchi kontingentlari uchun baholash ramkalari va uslublarini tayyorlash, ularga xos domen va Maslahat telefoni Izlash O'zbekcha konstruktlarni aniqlash, aniq ta’rif berish hamda testning strukturasini ishlab chiqish, 14 ta fan doirasida bevosita test yoki boshqa ko‘rinishdagi individual savollar, topshiriqlar to‘plamini shakllantirish kabi vazifalar belgilangan. Shuningdek, baholash jarayonini tashkil etish talablari doirasida test kitobchasi, test o‘tkazish algoritmi, natijalarni qayta ishlash mexanizmi va javoblarni e’lon qilish uslublarini yaratish, umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) bilim, malakalarini baholash uchun imtihon tizimini ishlab chiqish va umumta’lim muassasalarida o‘zbek tilini ona tili sifatida o‘qiydigan o‘quvchilarning o‘zbek tilini bilish malakasini davlat ta’lim standarti talablari asosida til kompetensiyalarini baholaydigan yangicha tizimni yaratish va joriy etish masalalari ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, 11-sinf bitiruvchilarining ona tili malakalarini (eshitib tushunish, o‘qib tushunish, og‘zaki va yozma nutq) baholovchi imtihon tizimini shakllantirish va loyiha doirasida yaratilgan elektron dasturiy vositadan (o‘quv qo‘llanma hamda test o‘tkazish dasturidan) unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning asosiy tarkibiy qismini ona tili malakasini baholash bo‘limi tashkil qilib, bunda o‘quvchining lingvistik bilimi emas, balki undagi lingvistik hamda nutqiy kompetensiya baholanadi. An’anaviy baholash mezonlariga ko‘ra esa yillar davomida til grammatikasini egallashga qaratilgan lingvistik bilimni baholashga urg‘u berib kelingan. Ona tili ta’limida amalda bo‘lgan darslik va o‘quv dasturlarida ham aynan mana shu yondashuvga tayanilgan edi. Yangi ishlab chiqilayotgan test tizimida o‘qib tushunish malakasini tekshirish qismida o‘quvchiga 3 xil til uslubidagi matnlar havola qilinib, tilning turli uslublarini tushunishga e’tibor qaratiladi. bugungi kunda zamon talablariga javob beruvchi, har tomonlama yuqori salohiyatli kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lib, har bir sohada munosib kadrlarni tanlab olish turli mezonlarga asoslanadi. Insondagi yaxshi shakllangan ona tili malakasi ularning har qanday sohada yaxshi faoliyat olib borishlarini va muvaffaqiyatlarga erisha olishlarini ta’minlaydigan birlamchi jihatdir. bugungi kunda mamlakatimizga har tomonlama faol fuqaro kerak. U shunday bo‘lcinki, har qanday nutqni o‘qib yoki eshitib aniq tushuna olsin, to‘g‘ri tahlil qila olsin, yuqori savodxonlikka, ayniqsa, ravon va boy og‘zaki nutqqa ega bo‘lsin. Aynan mana shunday xislatlarga ega jamiyat a’zolari istalgan sohada Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladi. Ushbu baholashning maqsadi ham ana shunday kadrlarni aniqlash, baholashning ta’limga ta’sir eta olish effektidan foydalanib bundan keyingi barcha kadrlarda shunday ko‘nikmalar mavjud bo‘lishini ta’minlashga turtki berishdan iboratdir. Iroda Azimova, Loyiha bosh mutaxassisi, lologiya fanlari nomzodi, dotsent. © 2023 – Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. Materiallardan foydalanishda saytga havola qilish talab qilinadi. Ushbu sayt BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida ishlab chiqilgan. Sayt yaratuvchisi: Download 183.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling