Zanjirli ekskavtorlarning zaboylari reja: ekskavatorlarning zaboylari


Download 473.3 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi473.3 Kb.
#1304337
  1   2
Bog'liq
ZANJIRLI EKSKAVTORLARNING ZABOYLARI


ZANJIRLI EKSKAVTORLARNING ZABOYLARI
REJA:
1 . EKSKAVATORLARNING ZABOYLARI.
2 . EKSKAVATORLARNING ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIKLARI
3. ZANJIRLI EKSKAVTORLARNING ZABOYLARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Ekskavatorlarning zaboylari
Zaboy ekskavatorning ish joyi hisoblanadi. Zaboyning o’lchamlari va tuzilishi ekskavatorning o’lchamlari va tog’ jinsi xarakteristikalariga bog’liq bo’ladi. Kon massasini mexanik kuraklar bilan qazib olishda quyidagi zaboy turlari mavjud: old tomonli (yondan), oxiri berk (transheyali) va frontal (rasm. 3.5). Yon tomonli zaboy ekskavatorning maksimal unumdorligini ta’minlaydi, bu uncha katta bo’lmagan yuklashga qaytishning o’rtacha qiyalik burchagi (90 darajadan ko’pmas) bilan, yuklashga transport vositalarini qulay etqazish va transport aloqalarini tashkil qilish va harakatlanishida kam to’xtovlar bilan asoslanadi. Oxiri berk (transheyali) asosan avtomobil va konveyer transportidan foydalanib transheyalar o’tishda qo’llaniladi. Transheyani o’tishda temiryo’l transporti qo’llanilsa, ekskavator ish paytida yuqoridan yuklashni amalga oshiradi. Frontal zaboyda ekskavatorning o’rtacha qaytish burchagi 120-140º ni tashkil qiladi. Zaxodkaning kichik kengligi sababli transport aloqalarining ko’proq yangi tuzilishi va xarakatlanishi talab qilinadi, bu esa ekskavatorning unumdorligini kamaytiradi. Shu sababli frontal zaboy kam qo’llaniladi (turli zaboylarni avtomobil transportini qo’llab qazishda). Yon va transheyali zaboylarda mexanik kuraklar rasmlarda ko’rsatilgan sxemalardagi kabi ishlaydi.

. Mexanik cho’michlarning zaboylari turi:
a-oxiri berk; b-yon tomondan; v-frontal
Zaboylarni qazib olish sxemasi, ularning o’lchamlari va tuzulishlari yumshoq va yumshatilgan tog’ jinslarini portlatish bilan qazib olishda o’zgaradi.
Yumshoq tog’ jinslarida zaboy tuzilishi cho’michning xarakatlanish traektoriyasiga mos bo’ladi. Shu sababli zaboy o’tkir burchakka ega bo’ladi (qiyalik burchagi 70-80º). Qazib olinayotgan pog’ona balandligi xavfsizlikni ta’minlash tomonidan ekskavatorning maksimal qazib olish balandligidan Нч.мах oshmasligi kerak, ya’ni hу ≤Hч.мах . Agar bu shart bajarilmasa, pog’onaning yuqori qismida osilmalar hosil bo’ladi, ular ekskavator ishlash davrida unga zarar etkazishi mumkin.
. Kon massasini ekskavator joylashgan gorizontda (a), ekskavatordan yuqorigi gorizontda (b) transport vositalariga yuklash yoki ag’darmaga (v) tashish orqali mexanik kuraklar yon zaboyda ishlash sxemasi.

. Kon massasini ekskavator joylashgan gorizontda (a), ekskavatordan yuqorigi gorizontda (b) transport vositalariga yuklash yoki lahim bortiga joylashtirish (v) orqali mexanik kuraklar transheya zaboyida ishlash sxemasi.

EKSKAVATORNING ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGINI HISOBLASH


Ekskavatorning nazariy, texnik va ekspluatastion ishlab chiqarish unumdorligi mavjud.
Nazariy unumdorlik - vaqt birligida ekskavatorning tuzulish parametrlariga ko’ra ekskavatorning to’xtovsiz ishlash vaqtida qazib olinishi mumkin bo’lgan kon massasi hajmi (tonna yoki metr kubda). Mexanik kuraklar uchun nazariy unumdorlik yuklashga 90º qaytish burchagida, kuch vali balandligiga teng qazish balandligi va ag’darmaga yuklashga qaytish nominal tezligi bilan aniqlanishi mumkin. Draglayn uchun qaytish burchagi 135 º ga teng. Ko’pcho’michli ekskavatorlar uchun nazariy unumdorlik kesishning nominal tezligi, vaqt birligida yuklanadigan cho’michlar soni bilan aniqlanadi. Cho’michda tog’ jinsi maydalanganligi va cho’mich to’ldirilish koeffitsiyenti birga teng ko’rinishda qabul qilinadi.
Ekskavatorning yumshatilgan tog’ jinsidagi nazariy unumdorlik( м3/ с) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Пэ.т =60Епк (3.8) bunda, E-cho’mich hajmi, м3 ;
пк - bir daqiqada bo’shatiladigan cho’michlar soni.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar uchun пк ko’rsatkichi texnik xarakteristikada beriladi, bir cho’michli ekskavatorlar uchun esa quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
пк =60 / Тц.т (3.9) bunda, Тц.т- ishchi jarayonning nazariy davomiyligi, s.
formulaga пк qiymatini qo’ygan holda bir cho’michli ekskavator unumdorligini aniqlash formulasini topamiz:
Пэт. = 3600Е / Тц.т
Nazariy unudmorlik ekskavatorning pasportida ko’rsatilganligi sababli uni pasport ko’rsatkichi deb ham atashadi.
Texnik unumdorlik - muayyan kon holatlarida ekskavatorning cheksiz ishidagi uning bir soatdagi maksimal unumdorligi. Texnik unumdorlik ekskavatorning tuzilishiga, qazib olinadigan tog’ jinsiga, cho’michni to’lish koeffitsiyentiga, tog’ jinsini yumshatilganlik koeffitsiyentiga, zaboy o’lchamlari va bo’shatish holatlariga (ag’darmaga bo’shatsh yoki transport vositalariga bo’shatish) bog’liq. Zaboyning o’lchamlari qo’shimcha ishlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi (bir cho’michli ekskavatorlar uchun gabaritmasni olish va siljitish, rotorli ekskavatorlarni siljitish va boshqalar).
Пэ.тех =60Епкkэkз bunda, kэ -ekskavastiya koeffitsiyenti;
kэ =kн.к / kр.к; kн.к -cho’michni to’ldirish koeffitsiyenti; kр.к -cho’michda tog’ jinsining yumshatilish koeffitsiyenti; kз - qo’shimcha ishlarning zaboyga ta’siri koeffitsiyenti;
Ekskavatorning ekspluatastion unumdorligi ishchi vaqtning hisobga olinishi bilan aniqlanadi, bu o’zgartirib bo’lmas tashkiliy va texnologik turib qolishlar bilan bog’liq (almashinuvni qabul qilish, bo’laklarni ko’rish va moylash, harakatlanuvchi tarkiblarni kutish va boshqa.). Ekspluatastion unumdorlik texnikdan ko’ra past. Bu ko’rsatkich tashkilish ishlar yo’lga qo’yilishini, asosiy va yordamchi ishlar aralashuvini ko’rsatadi. Ekspluatastion unumdorlik almashinuv, sutka, oy, yil uchun mo’ljallangan. Unumdorlikni hisoblashda tuzatish ishlariga bo’lgan vaqt yo’qortishlari hisobga olinadi. Eng katta tashkiliy ishlar yillik unumdorlikda ko’riladi. Ekskavatorning almashinuv unumdorligi quyidagi formula bo’ yicha nisbiy aniqlanadi:
bunda, Тсм -almashinuv davomiyligi, s;


Download 473.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling