Zararli va foydali hashorotlar reja: Hasharotlar ekologiyasi rivojlanish tarixi


Download 64.59 Kb.
bet10/10
Sana11.03.2023
Hajmi64.59 Kb.
#1260448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zararli va foydali hashorotlar

selektika (tanlab ta’sir etuvchi) ximiyaviy vositalardir. Bunday ximiyaviy vositalarga oltingugurtli ftolofos preparatlari so’ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda yuqori samara beribgina qolmay, balki ularning entomofaglarini saqlaydi. Erta bahorda profilaktik chora sifatida kuchli zaxarli preparatlardan nitrofenni ishlatish mumkin. Bu preparatlar bir tomondan foydali hasharotlarni saqlab qoladi, ikkinchi tomondan ipak qurti, asalari va boshqalarga mutlaqo zararsiz. Shunga ko’ra uni faqat zarurat bo’lgan hollarda ishlatish mumkin.
Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklari.
Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklariga potogen mikroorganizmlar,parazit chuvalchanglar,yirtqich va umurtqali hayvonlar kiradi.Bularning hammasi zararkuranda hashoratlarning ko’payish hamda tarqalishini chegaralashda muxim ro’l o’ynaydi,shuning uchun insonga katta foyda keltiradi va ularning bazilari zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik kurash choralarida qo’llaniladi.Lekin bu organizmlar foydali hashoratlarni (asalarilar,tut ipak qurtlarini)yeb yoki kasallantirib,insonga sezilarli darajada zarar yetkazdilar.
Patogen mikroorgonizmlar-bularga zamburug’lar(530 turi), bakteriyalar(100 dan ortiq turi), viruslar(400 dan ortiq turi) va sodda hayvonlarning bazi vakillari(1200 turi) kirib, hashoratlarda turli kasalliklarni tug’diradi.Hozirgi vaqtda entomologiya fanining mustaqil qismi hashoratlar patologiyasi shu masalalarni chuqur o’rganmoqda.
Zamburug’ kasalliklari yoki mikozalarni fikomitsetlar va takomillashmagan zamburug’lar qo’zg’atadi.Uy pashshalarida, chigirtkalarda va boshqa to’g’ri qanotlilarda zamburug’ sporalari terisi orqali kirib, tezda ko’payib, hashoratlarni o’ldiradi.Ayniqsa muskardina zamburug’i tut ipak qurtlarda uchrab ipakchilikka katta zarar yetkazadi.Belgilari unsimon mog’or hosil qiladi.
Bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar-hashoratlar o’rtasida keng tarqalgan kasallik tipidir.
Bu kasalliklarni turli xil bakteriyalar,kokklar va boshqalar tug’diradi.Bular ovqat bilan birga ichakka kirib,hashoratlarni kasallantiradi.Belgilari:kasallangan hashoratlar kam harakat ishtaxasiz bo’lib,og’iz va orqa chiqarish teshigidan ichak suyuqligini ajratadi.O’lgandan keyin tanasi qorayib chiriydi va sasiydi.Bularni bir necha xil bo’ladi.Agarda bakteriya ichakda yoki uning o’simtalarida bo’lsa-dizenteriya tipidagi infeksiya,agar tana bo’shlig’idan gemolimfaga o’tib bakteriya ko’paysa septisemiya tipidagi infeksiya deyiladi.Ipak qurtlarida chigirtkasimonlarda-dizenteriya tipidagi,kolorado qo’ng’izining lichinkalarida asalarilarida septisemiya tipidagi infeksiya keng tarqalgan.
Bazi bir bakterial infeksiya hashoratlar uchun yuqori potogenligi zararkuranda hashoratlarga qarshi mikrobiologik usullarini ishlab chiqishda stimul bo’lib hizmat qilmoqda.
Virusli kasalliklar ham hashoratlar orasida keng tarqalgan bo’lib,mikroorganizmlardan farqi,suniy muhitda yashay olmaydi,faqat tirik hujayralarda,kristal struktura shaklida yashaydigan varivajlanadigan parazitlardir.Bularga tut ipak qurtlarida sariq kasallik tug’diruvchi keng tanilgan,yaltiroq kristal tanacha-polietlar virusi misol bo’ladi .Bu viruslar boshqa kapalaklar turlarida,arrakashlarda va boshqa hashoratlarda ham uchrashi aniqlangan.Kasallanish tuxum orqali xamda ovqat bilan ichak va gavda bo’shlig’i orqali bo’lishi mumkin.
Sodda hayvonlar tipining,sporalar sinfining mikrosporidyalar turkumining vakillari nozema sporalilar hashoratlarda,ayniqsa asalari va ipak qurtlarida nozema va pebrina kasalliklarini tug’diradi.
Asalari nozema to’zi o’rta ichak epiteliysida parazitlik qilib ovqat hazm qilish protssesini buzadi va hashoratni o’ldiradi.Bazan butun onalarni nobud qilib,asalarichilikka katta zarar yetkazadi.
Tut ipak qurti peprinasi,hashoratning hamma rivojlanish davrlarida to’qimalarni jarohatlab,hashoratni nobud qiladi.Parazit-ovqat bilan birgalikda va tuxumi orqali yuqishi mumkin.Natijada ipakchilikka katta zarar yetkazadi.
Mikrosporidiya kasalliklari boshqa tur hashoratlarda ham uchraydi.
Parazit chuvalchanglar-bular ham turlicha bo’ladi:bazi bir chuvalchanglar hashoratlarda uzoq muddatda yoki doimiy(statsionar)yashab parazitlik qiladi,bazilari esa hashoratlarda vaqtincha yashab,keyingi rivojlanishi uchun boshqa umurtqali hayvonlarga,hatto odamga ham o’tadi.Bunda hashoratlar oraliq xo’jayin hisoblanadi.Statsionar parazit chuvalchanglarga yumaloq chuvalchanglar tipining nemotodalar sinfining vakillari kiradi va ular hashoratlarning ichaklarida va gavda bo’shliqlarida parazitlik qilib yashab,kasalliklar tug’diradi.Oraliq xo’jayini bo’lib hisoblangan hashoratlar odam va uy hayvonlari uchun xavfli dushman bo’lib,parazit chuvalchanglar uchun vaqtincha manba ro’lini o’ynaydi.
Yirtqich va parazit bo’gimoyoqlilar hashoratlarning tabiiy kushandalari bo’lib,zararkuranda hashoratlar faoliyatida katta ro’l o’ynaydi.Umuman hashoratlarning tabiiy kushandalari-entomofaglar deyiladi.
Yirtqich hashoratlardan vizzildoq qo’ng’iz va uning lichinkalari,xonqizi va uning lichinkalari,zararkunanda kapalak lichinkalar o’simlik bitlarini va boshqa hashoratlarni qirishda muxim ro’l o’ynaydi.Ninachilar,beshiktervatarlar,stafilinid qo’ng’izlar,qtir pashshasi, bazi bir chumolilar,gabrobrakon,trixogrammalar,oltin ko’zlar va boshqa yirtqich hashoratlar foydali hashoratlar kompleksini tashkil etib,zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi.
Parazit hashoratlar boshqa hashoratlarning kushandasi sifatida muhim ro’l o’ynaydi.Bularga yaydoqchilar, holsitsimonlar, tahinlar, malhamchilar va boshqalar kiradi.Parazitning ho’jayini hashorat parazit uchun faqat ovqat manbai bo’libgina qolmay, yashash muhiti hamdir.
Yuqorida ko’rsatilgan hashoratlardan tashqari entamofog gruppasig o’rgimchaksimon sinfining o’rgimchaklar va kanalar vakillari kiradi.O’rgimchaklar hashoratlarning yirtqich dushmani sifatida muhim ro’l o’ynashi mumkin.Ularning ahamiyati hozircha kam o’rganilgan.
Kanalarning ko’pchiligi lichinkalik davrida hashoratlarning paraziti bo’lib, voyaga yetganlari esa yirtqich hisoblanadi.Bularga qizil tanli kana, qalqonli kana va boshqalar kiradi.
Hashoratlarning yirtqich umurtqali tabiiy kushandalariga baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar sinfining ko’pchilik vakillari kiradi.Bazi baliqlar suv hashoratlarining lichinkalari bilan oziqlanadi.Masalan, begak chivinining lichinkalari, pashshachalari bilan gombuziya baliqlari oziqlanadi.
Amfibiyalardan baqalar, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va boshqa vakillar hashoratlar bilan oziqlanib, entomafaglar hisoblanadi.
Qushlar hashoratlarning tabiiy kushandasi hisoblanadi(jumladan, chumchuqsimonlar turkumidan qaldirg’ochlar, bulbullar, jiblajibonlar va boshqalar)
Lekin qushlar sinfidan hashoratlarning kushandalari ham bor.Sutemizuvchilar sinfidan hashoratxo’rlar turkumining vakillari, ko’rshapalak va boshqalar.
Yuqorida ko’rib chiqilgan hashoratlarning tabiiy kushandalari zararkunanda hashoratlarga qarshi biologik kurash negizini yaratib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Zararkunanda_hasharotlar

  2. https://fayllar.org/1-mavzu-hasharotlar-ekologiyasi-fani-rivojlanish-tarixi.html?page=3

  3. https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/zoologiya/o-zbekistondagi-asosiy-zararkunanda-hasharotlar-va-ularning-tarqalishi

  4. https://www.youtube.com/watch?v=LUhtbrj89cw

  5. https://uz.eferrit.com/daraxtlar-uchun-zararli-bolgan-umumiy-hasharotlar-zararkunandalari/

Download 64.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling