Zararli va foydali hashorotlar reja: Hasharotlar ekologiyasi rivojlanish tarixi
Download 64.59 Kb.
|
Zararli va foydali hashorotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biotik yoki organik faktorlar
Abiotik yoki anorganik faktorlar; organizmga iqlim sharoitlarini (issiqlik namlik yorug’lik va boshqalar) hamda tortish kuchi, atmosferaning tarkibi va xususiyati, radioaktivlik, relefva boshqa faktorlarning ta’sir etishi.
Gidra-edafik yoki suv tuproq faktorlari, y’ani suv tuproqning organizmga muhim yashash sharoiti sifatida ta’siri. Bunda Hasharotlar ekologiyasida tuproq faktori muhim rol o’ynaydi. Biotik yoki organik faktorlar, organizmga tirik tabiatning ta’siri, ovqatlanish asosida organizmlararo bir-biriga munosabati va boshqalar. Antropogen faktorlar. Tabiatga va organizmga odam faoliyatining ta’siri, qo’riq erlarning o’zlashtirilishi irrigatsiya sistemalarini qurish, zararkunandalarga qarshi kurash boshqa hayvon va o’simliklarni tarqatish va hakozo. Oldingi uchta faktorlar birlamchi faktorlar bo’lib tabiatda doima bo’lib kelgan. Antropik factor esa ikkilamchi, planetamiz hayotida yangi sifat- xodisa sifatida vujudga kelgan. Lekin bu klassifikatsiya ekologik faktorlarni organizm bilan muhit o’rtasidagi bog’lanishningfaqat birinchi pog’onasini tashkil etib, o’zaro munosabat mohiyatini ochmaydi, chunki turning o’zgaruvchanligini nazarga olmagan. Bundan tashqari ekologik faktor organizmga turlicha ta’sir etadi-ayrim faktorlar arganizm yashashi uchun qulay sharoit bo’lib hisoblansa boshqalar noqulay bo’lib hisoblanadi.Shuning uchun ekologik faktorlarni analiz qilishda ularning zaruriyati, o’zgauvchanligi va organizmga ta’siri hamda moslashish reaksiyasini nazarda tutish lozim. Turlarning muhitga talabchanligi har xilva bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari issiqlikka talabchan, y’ani issiqlik sevuvchi yoki - termofil boshqalari sovuq sevuvchi – kriofil, namlik sevuvci – gigrofil va quruqlik sevuvchi - kserofil, o’simliklar qoplamida yashovchi- fitofil, tuproqda yashovchi geofillar va boshqalar Hasharot turlarining bu qobiliyati irsiy bo’lib evolyutsiya natijasida vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik faktorlarga talabchanligi deb ataladi. Hasharotlar ekologiyasining asosiy birinchi etap vazifasi ekologik faktorlarni Hasharot turiga va to’dasiga, tur va uning tarkibini son dinamikasi qonuniyatlariga ta’sirini o’rganishdir. Ikkinchisi zararlio va foydali turlar uchun (foydalisi uchun qulay va zararlisi uchun noqulay) ekologik yashash sharotlarini o’zgartirish yo’llarini ishlab chiqishdir. Download 64.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling