Zararli va foydali hashorotlar reja: Hasharotlar ekologiyasi rivojlanish tarixi


Download 64.59 Kb.
bet7/10
Sana11.03.2023
Hajmi64.59 Kb.
#1260448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zararli va foydali hashorotlar

ANTROPOGEN KAFTORLAR.
Antropogen faktorlar deganda (grekcha-antroposodam) tabiatga va hasharotlarga inson xo’jalik faoliyatining ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir katta, uning ro’li yo’xtovsiz ortib bormoqda. Qo’riq yerlar o’zlashtirilganda (haydalganda), o’rmonlar kesilganda, yerlar sug’orilganda hasharotlarning tur tarkibi bir muncha o’zgaradi, ayrim yurlar sonining nisbati va ularning zxo’jalikdagi ahamiyati ham o’zgaradi. Shuning uchun asosiy vazifa ekologik qonunlarni tan olib, ulardan to’g’ri foydalanishdir.
Hasharotlar tabiatda alohida emas, balki hayvonlarning boshqa turlari (jumladan, hasharotlar), o’simlik va mikroorganizmlar bilan birga, ya’ni biotsenoz holda yshaydi.
MAVZU: Hasharotlarning yashash joyi va areali
HASHAROTLARNING YASHASH JOYI VA AREALLARI.
Biror hasharot turi tarqalgan va ma’lum ekologik sharoiti bilan ta’riflanadigan uchastka muayyan turning yashash joyi statiya deb ataladi.
Tabiatda ar bir tur ma’lum territoriyani ya’ni joyni egallaydi. Joyda turning tarqalishi qisman yoki butunlay muhitning ekologik sharoiti va va shu turning sharoitni tanlovchilik qobiliyatiga bog’liq. Bug’doyzorlar bug’doy tripsi, shved pashshasi, don qo’ng’izlari va boshqalr uchun statiya yoki yashash joyi hisoblanadi.
Yuqoridagi har bir statiya o’ziga xos o’simlik qoplami, tuprog’i, mikroiqlimi shunga o’xshash xususiyatga ega.
Lekin keyingi kuzatishlar ko’rsatishicha, turlar statiyani o’zgartirishi mumkin. Turlar statiyasini o’zgartirishi zonaga, yilning vaqti va hokazolarga qarab turli joyni egallashi mumkinligi aniqlangan. Bu qonuniyatlarni professor G.Ya.Bey-Biyenko yashash joyini o’zgartirish prinsipi deb atagan. Keng tarqalgan bir xil hasharotlarning o’zi shimoldan quruq yaxshi isiydigan ochiq ststiyalarni egallaydi. Janubda esa ancha nam va o’simliklar qalin o’sgan soya joylarda yashaydi. Issiq va quruq iqlimli oblastlarda statiyalarning mavsumiy almashinuva aniq seziladi.
Masalan, po’stloqxo’rlar o’rmonlarda va cho’llarda, daraxtlarning po’stloq osti, yarim sahrolarda esa tuproqqa, ilzga o’tadi va boshqalar. Xulosa qilib aytganda, hasharot turlari statiyasini o’zgartirishini aniq bilish zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash choralarini aniqlashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Yashash joyini tanlsh doimiylik prinsipi, uning antipodi—yashash joyini almashish prinsipi turning yashash muhiti bilan aloqasining murakkabligidan dalolat beradi. Turning yashash joyi bilan munosabatini tushunib va hisobga olmasdan uning ekologiyasi va ba’zi bir biologik tomonini tishunish mumkin emas hamda zararkunanda turlarga qarshi kursh foydali turlarni ko’paytirish, amaliy tadbirlarni ishlab chiqishni qiyinlashtiradi.

Download 64.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling