Zarmed universiteti


Download 120.17 Kb.
bet9/9
Sana16.06.2023
Hajmi120.17 Kb.
#1502632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qistirma chandishlar o’tkir luqma singari gapga gap qistirish shakhda hosil qilinadi:
- Ishlar qalay?
— Opajoningni olay.
Chandishlar bolalaming so’zni anglash, xalq tili nozikliklarini idrok etish yo’lidagi ma’naviy mashq o’yinlari bo’lib, she’riy ijod texnikasini o’zlashtirishdagi izlanishlari natijasi hisoblanadi.

XULOSA
Xullas, bolalar xilma-xil janrlardagi ana shu qo’shiqlarning qay birini shovqin solib, qay birini jo’r (doira shaklida o’ynab turib) bo’lib, qay birini raqsga tushib, qay birini yakkaxon (solo) holatda, qay birini yurib yoki sakrab turib, hakkalab chopgancha kuylash yoxud aytishni ham yaxshi biladilar. Xuddi shu asosda bolalar folklori navqiron avlodning yosh psixologiyasi xususiyatlarini, badiiy ijodkorligi salohiyati va imkoniyatlarini ifodalagan, unda bolalaming voqelikka munosabatlari, estetik-axloqiy qarashlari va rango-rang tuyg’u-kechinmalari muhrlangan.


Xalq og`zaki badiiy ijodiyoti xilma-xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo`lgan hodisa sifatida kishilik jamiyati tarixida ko`p vazifali ijtimoiy-estetik mohiyatga ega so`z san`ati hisoblanadi. U hamma zamonlarda ham o`z ijodkori bo`lgan xalqning orzu-armonlarini ifodalab keldi, qolaversa, xalqning o`z-o`zinigina emas, balki bolalarning ham ma`naviy-axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda. Bolalar xalq ijodiyotidan ota-bobolarining hayot tajribasini, mehnat va kurash ilmini o`rganib kelayotirlar. Ular xalq qo`shiqlaridan, dostonu ertaklaridan, afsonayu rivoyatlaridan sevish-sevilish, samimiyat, insoniylik, sabru qanoat, mehnatda fidoiylik, eng muhimi, otalari yashab obod etgan Vatan tuyg`ularini idrok etish asnosida yurt erki va ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlari To`maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy va Amir Temurlarning jasoratlaridan saboq olmoqdalar, yashash va yaratish romantikasidan surur tuymoqdalar. Binobarin, xalq ijodiyoti qadim zamonlardan hozirgacha bolalar uchun ham ezgulikni qadrlash va yovuzlikdan nafratlanish sabog`i bo`lib, avloddan avlodga o`tgani sayin muttasil to`lishib, mukammalashib, og`izdan-og`izga ko`chgani sayin tobora sayqallanib, xalq milliy ruhini teranroq aks ettirgan holda asrlar davomida avlodlar ma`naviy-axloqiy vorisligini ta`minlab keldi, jamoa ijodi namunasi sifatida xalq zakovatini, iste`dodini va til boyligini namoyish etdi, xalq uchun o`zligini anglash, o`z tarixini sevish vositasiga aylanib qoldi, eng muhimi, yozma adabiyotning bunyodga kelishida genetik asos vazifasini bajardi. Bu silsilada bolalarning o`z folklori ham muayyan rol o`ynadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Askiya. O’XI. Т.: G’ACN, 1970.

  2. Askiyalar // O’zbek folklori ocherklari. 2-tom. Т.: «FAN», 1989, 163-176-b. lmomov K., Mirzayev Т., Sarimsoqov В., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Darslik. Т.: «O’qituvchi», 1990.

  3. Imomov K. O’zbek xalq prozasi. Т., 1981.

  4. Loflar / Askiya. O’XI. Ko’p tomlik. »T.: G’ASN, 1970, 111-122-b.

  5. Mirzayev Т., Safarov O., O’rayeva D. O’zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. — Т.: «Aloqachi», 2008.

  6. Muhammadiy R. Askiya. Т.: O’zdavnashr, 1962.

  7. Oxunjon qiziq hangomalari. Т.: «Meros», 1993.

  8. Razzoqov H. O’zbek xalq og’zaki ijodida satira va yumor. Т.: «FAN», 1965.

  9. Perepelikina L.A. Uzbekskiy narodniy kukolniy teatr. T.:Uzgosizdat, 1950.

  10. Sarimsoqov B. Lof// O’zbek folklori ocherklari. Uch tomlik. II torn. Т., 1989, 151-162-b.

  11. Соломник И.Н. Традиционный театр кукол Востока. М.: «Nauka», 1983.

  12. Farg’onalik qiziqchilar. Т.: «Mehnat», 1994.

  13. Qodirov M. O’zbek xalq og’zaki dramasi. Т., 1963. Yana: Masxaraboz va qiziqchilar san’ati. Т.: «Oqituvchi», 1981, 36-57- va 123-204-b. Yana: Xalq teatri; masxaraboz va qiziqchilar repertuari; Yangi davr repertuari. — O’zbek folklori ocherklari. Т.: «FAN», 2-tom, 1989, 177-279-b. Yana: Ozbek teatri tarixi. Т.: «ljod dunyosi», 2003. Yana: An’anaviy teatr dramaturgiyasi. Т., 2006. Yana: Xalq qo’g’irchoq teatri. Т.: G’ASN, 1979; Yana: Uzbekskiy traditsionniy teatr kukol. Т., 1979; Yana: O’zbek xalq tomosha san’ati. Т.: «O’qituvchi», 1981; Yana: Qo’g’irchoq o’yin // O’zbek folklori ocherklari. Т.: «FAN», 2-tom, 1989, 280-317-b.

  14. Qorayev S. Lof janrining o’ziga xos belgilari. — O’TA, 1995, 5-6- sonlar.

  15. G’.G’ulom. Yusufjon qiziq. — Kitobda: Adabiy-tanqidiy maqolalar. 1-tom.T.: «FAN», 1971, 374-378-b.

  16. Husayn voiz Koshifiy. Futuvvatnomayi sultoniy yoxud
    javonmardlik tariqati. Fors-tojik tilidan N. Komilov tarjimasi. Т.:
    «Meros». 1994, 92-94-b.




Download 120.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling