Zarmed universiteti


Download 110.19 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi110.19 Kb.
#1502792
1   2   3   4   5   6
Yomg’ir yog’aloq
Yam-yashil o`tloq
Endi ekinlar
Chiqarar quloq...
Yomg’ir tinganda,
Chiqar kamalak,
Yomg’irdan foyda
Maysaga, donga
Yurt serob bo`lar,
Oq bug’doy, donga.
Shukur Sa’dulla “To`rt fasl” she’rida yil fasllarining o`ziga xos xususiyatlarini xarakterli detallar yordamida yoritadi. Ularning jozibasi, tabiatga alohida ko`rk bag`ishlashi, insonlar qalbiga ta’siri xususida bolalarbop xulosalar chiqaradi. She’rda bahor fasli shunday tasvirlanadi:
Milt etib chiqdi quyosh
Dedi:-Do`stlar, qish odosh.
Ko`rsak yo`q qora bulut.
Yer yuzi ko`k gilam-o`t.
Shukur Sa’dulla bahorni yaratuvchi, insonlarga estetik zavq va mehnat in’om etgan fasl deb ta’riflagach, ko`rkam yoz fasli bilan bolalarni tanishtirishga o`tadi. Yoz kelishi bilan xursand bo`lgan bolalarning sevinchini shoir shunday ifoda etadi:
Keldi ko`klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qo`shgan, mehnatkashlar dasturxonini bezovchi noz-ne’matlarni vujudga keltirgan, “to`qson xil mevalarni pishirib”, “yangi dunyolar ochgan” kishilarni zo`r muhabbat bilan ajoyib misralarda ulug`laydi:
Ekin o`sdi yerlarda,
Bug’doy pishdi qirlarda...
Poliz to`la bodring,
Bog’bon, tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andek,
So`yib beray handalak.
Shukur Sa’dulla yoz faslini ulug`lash bilan kuzning ham o`ziga xos fazilatlariga to`lalagigini tabiatning oltin davri deb ta’riflaydi, kuz faslining o`ziga xosligini obrazli tasvirlar orqali ochadi:
Quyosh tushar taptidan,
Qo`rqib qishning aftidan.
Sarg’ayadi ko`katlar,
Barg to`kadi daraxtlar.
Hosil yig’ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Shoir qish faslining ham o`ziga xos chiroyli gashti borligini, kishilarda zavq-shavq uyg`otishini lirik bo`yoqlarda ko`rsatadi:
Dala-tishda tindi ish,
Keldi mehmon bo`lib qish.
Qish emas, u – qarbobo,
Sovg’alari bor bobo...
Xuddi yozday, bahorday-
Iliq, kuzgi nahorlay..
Qor yog’ar, kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Shukur Sa’dulla ikkinchi jahon urushi davrida yanada barakali ijod etdi. “Sen nima qilding?”, “Ona va bola”, “Shohista” to`plamlarini nashr ettirdi. Bu davr shoir she’riyatida bolalar kutgan voqealar o`z aksini topganini ko`ramiz. Mavzu rang-barangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jon-dilidan sevishidan, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. Buni “Sen nima qilding?”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, “Razvetkachi Kolya Kulikov”, “Shohista” kabi asarlari misolida ochiq-oydin ko`rishimiz mumkin.
Bu she’rlar ichida “Shohista” asari alohida ajralib turadi:
Ko`k chirog’i oy so`ndi,
Barglarga shabnam qo`ndi.
Tong oqarar ohista,
Turar sakrab Shohista,- misralarida shoir Shohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, g’ayrati, bog’idagi uzumlarni qanchalik mehr qo`yib parvarishlashi bilan birga, uning frontda odamxo`r yovlarga qarshi kurash olib borayotgan otasiga bo`lgan mehr-muhabbatini badiiy bo`yoqlar bilan ifodalab beradi. Shohista asaldek tovlanib pishgan uzumdan dadasiga sovg’a hozirlaydi:
So`ngra pochtaga bordi,
Dadasiga yubordi.
Dadasi botir jangchi,
Shohistaning quvonchi.
Shukur Sa’dulla “Egizak”, “Sen menga do`st, men senga do`st”, “Ulug` shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator she’rlarida do`stlik g’oyalarini ilgari suradi.
Sh.Sa’dulla “Tulki va Qozlar”, “Lola va mushuk”, “Jo`jalar”, “Bola va Turg’un”, “Yomg’ir yog’aloq” kabi she’rlarida bolalar hayotidan xarakterli voqealar asosida yosh kitobxonni parranda, hasharot va hayvonlar dunyosi bilan tanishtiradi. Shoir har bir narsa va predmetning o`ziga xos xususiyatlarini bolalar uchun sodda va qiziqarli qilib tasvirlaydi. Bu jihatdan qaraydigan bo`lsak “Ninachi” she’ri muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Download 110.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling