Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasi


Download 38.84 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi38.84 Kb.
#1578261
Bog'liq
Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasi



Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasi
Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasining 20 ga yaqin turi Sharqiy Osiyo va Janubiy Amerikada tarqalgan, uning faqat mevali zarnab (T. bacata) turi Toshkentda madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir. Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi. Uning balandligi 25 metrga boradi, yog‘ochi uzoq vaqt saqlanadi, har qanday sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator, uchi o‘tkir, to‘q yashil rangli. Zarnab ikki va bir uyli o‘simlik. Barg qo‘ltig‘ida joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan, Changchisida havo kamerasi bo‘lmaydi, urug‘chi qubbasida urug‘ pardasi yo‘q. Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘ qipiqlari cheti bilan birlashib tovoqcha shaklini olgan. Urug‘ning sirti mevaga o‘xshash yumshoq. Shuning uchun ham mevali zardob deb yuritiladi. Yetilgan urug‘i ko‘pincha och qizil, yumshoq shirali. Tarkibida zaharli alkaloid bor. Zarnabning yog‘ochi qattiq, chirimaydigan bo‘lganligi tufayli, juda qimmatli hisoblanadi. zarnab turkuminiig 10 ga yaqin turi O‘rta yer dengizi atroflarida xususan uning janubiy qismida Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan.
211-guruh talabasi Kudratov Azizbek



Download 38.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling