Zarur bo‘lgan jihoz, uskuna va materiallar


Download 36.84 Kb.
bet1/2
Sana16.09.2023
Hajmi36.84 Kb.
#1679488
  1   2
Bog'liq
Labaratoriya ishi dastgohlar geometrik parametrlarini nazorat qi


1-LABARATORIYA ISHI
DASTGOHLAR GEOMETRIK PARAMETRLARINI NAZORAT QILISH


Zarur bo‘lgan jihoz, uskuna va materiallar:


  1. Tokarlik datsgohi.

  2. Vatepras (shayton), silindrik opravka indikator kallak (bo‘linmasi 0,01 mm) ustuni bilan.

  3. Metal qirqish dastgohlariga me’yorlar va DSTlar.



Ishni bajarish tartibi


  1. Dastgoh o‘rnatilishini vaterpas bilan tekshirish. Agar bu aniqlik standartlarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa har 1000 mm uzunlikka 0,04 mm dan oshmasligi kerak. Dastgoh aniqligini tekshirish uchun staninaning yo`naltirgishiga maxsus ko‘prik o‘rnatiladi, u tekshirilayotgan yo`naltirgich ikkita tayanchga va ikkinchi yo`naltirgish esa bita tayanchga ega. Tekshirilayotgan yo`naltirgichdagi tayanchlar orasidagi masofa 250 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ko‘prikka tekshirilayotgan yo`naltirgishga parallel qilib vaterpas o‘rnatiladi. Vaterpasli yo`naltirgichning butun uzunligi bo‘yicha suriladi.



  1. Supportning vertikal tekislikdagi bo‘ylama surilishini tekshirish: buning uchun supportda (keskich ushlagichga yaqinroq) uning surilishiga parallel qilib vaterpas 1 o‘rnatiladi va supportni uning yurish yo`li bo‘yicha boshidan oxirigacha suriladi. Supportning 1 m surilishida to‘gri chiziqdan chetga chiqishi 0,02 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

  2. Suprortni gorizontal tekislikdagi bo‘ylama siljishini to‘gri chiziqligini tekshirish. Buning uchun oldingi va keyingi babkalar orasiga silindrik opravka 2 qotiriladi, supportga esa indikator 3 shunday qotiriladiki, uning shrifti opravkaning yon yasovchisiga tegib tursin. Indikatorning ko‘rsatkichi opravka chetlarida bir xil bo‘lishi kerak. Bunga ketingi babkani mos ravishda o‘rnatish bilan erishiladi. So‘ngra support bo‘ylama yo`nalishda yurish yo`lining boshidan oxirigacha suriladi va xatolik aniqlanadi (to‘gri chiziqdan chetga chiqish). Natija jurnalga yoki maxsus jadvalda qayd etiladi. Supportning 1 m surilishidagi to‘gri chiziqlikdan chetga chiqishi 0,02 mm gasha bo‘lishiga ruxsat etiladi.



  1. Oldingi babka shpindeli o‘qining radial terishini tekshirish. Buning uchun

shpindel teshigiga zich qilib silindrik opravka 4 o‘rnatiladi. Uzatmalar qutisi koprusga esa ustun 5 indikator bilan shunday o‘rnatish kerakki, uning o‘lchash shtifti opravkaning yasovchisiga tegib tursin. So‘ngra shpindelni aylantiriladi va shpindel yoniga a o‘lchash bajariladi, undan Lq300 mm masofa esa b o‘lchash bajariladi. O‘lchash natijalari jurnalga yoki maxsus jadvalga yozib qo‘yiladi. Oldingi babka shpindelni o‘qiga beriladigan qo‘yim ishlov beriladigan zagatovkaning eng katta diametri 400 mm bo‘lganda a=0,01 mm, b=0,02 mm, Ø 800 mm bo‘lganda esa a=0,015 mm, b=0,025 mm gasha ruxsat beriladi.


  1. Oldingi babka o‘qining terishini tekshirish. Buning uchun shpindel teshigiga qisqa opravka 6 yon tekislikka perpendikulyar qilib o‘rnatiladi. Uzatmalar qutisi koprusiga ustun indikatori bilan shunday o‘rnatiladiki, uning o‘lchash shtifti opravka yon tomonining markaziga tegib turishi kerak. So‘ngra shpindelni aylantirib o‘lchash ishlari bajariladi. O‘lchash natijalari jurnalga yoziladi. SHpindelning o‘q bo‘yicha terishiga beriladigan qo‘yim ishlov beriladigan zagatovka diametri 400 mm bo‘lganda 0,01 mm, Ø 800 mm bo‘lganda esa 0,015 mm.

  2. Oldingi babka o‘qining ko‘ndalang surilishiga parallelligini tekshirish. Buning uchun shpindel teshigiga zich qilib opravka 8 o‘rnatiladi. Supportga esa indikator ustuni 9 indikator bilan shunday o‘rnatish kerakki, ustunning xolati o‘zgarganda indikatorning o‘lchash shtifti uning ustki yasovchisiga «a» xolatdagidek va yon tomoniga «b» xolatdagidek tegib tursin. So‘ngra supportni stanina bo‘ylab suriladi va u diametr bo‘yicha qarama-qarshi joylashgan yasovschilar bo‘yicha o‘lchash ishlari bajariladi. (shpindelni 1800 ga burab), xatolik esa (parallel emaslik) mazkur tekislikdan ikkala diametrlarning o‘rtacsha arifmetik qiymati sifatida topiladi. O‘lcham natijalarini jurnalga yozib qo‘yiladi. Oldingi babka shpindeli o‘qining supportning bo‘ylama surilishga parallel emasligiga beriladigan qo‘yim ishlov beriladigan zagatovkaning eng katta diametri 400 mm bo‘lganda a = 0,03 mm, b

=015 mm.

  1. Oldingi babka shpindeli o‘qining salazkaning surilishiga paralelligini tekshirish. Buning uchun indikator support salazkalari shunday o‘rnatiladiki, unda o‘lchash shtifti oldindan o‘rnatilgan opravkaning yon tomon yuzasiga tegib tursin. Supportning buraluvshi qismi shunday o‘rnatilishi kerakki, salazka xarakatlanganda indikator ko‘rsatkichi opravkaning chetlarida bir xilda bo‘lsin. So‘ngra indikatorni boshqa joyga ko‘chiriladi. Uning o‘lchash shtifti opravkani yuqorigi yasovchisiga tegib turishi kerak. Salazkaning xarakatlanishi yuqoriga yo`naltirgishlar bo‘ylab

boshdan oxirigacha amalga oshiriladi. O‘lchash natijalarini jurnalga yozib qo‘yiladi. Support yo`nalishining oldingi babka shpindeli o‘qiga parallel emasligiga beriladigan qo‘yim salazkalar yo`li 100 mm gasha bo‘lganda 0,03 mm dan ortiq emas, 300 mm gasha bo‘lganda esa 0,004 mm va 500 mm bo‘lganda 0,05 mm.

  1. Penol xarakatining support bo‘ylama xarakatlanishiga paralelligini tekshirish. Buning uchun 10 ketingi babkaga surilib qisib qo‘yiladi. Supportga indikator 11 shunday o‘rnatilishi kerakki uning o‘lchash shtifti Penol yuzasiga tegib tursin (a xolat) O va b nuqtalarda. So‘ngra Penolni bo‘shatib, uni maksimal surilishining yarmigacha surib yana qotirib qo‘yiladi. Bunda support bo‘ylama yo`nalishda indikator shtifti dastlabki o‘rnatishdagi nuqtalarda Penol yasovchiga tekkunicha suriladi (b xolat). Xatolik (parallel emaslik) indikatorning a va b xolatlaridagi algebraik ayirma kabi aniqlanadi. O‘lchash natijalarini jurnalga yozib qo‘yiladi. Ruxsat etilgan xatolik zagatovka diametri 400 mm gasha bo‘lgan dastgohlar uchun a=0,03 mm, b=0,03 mm, 800 mm bo‘lgan dastgohlar uchun esa a=0,03 mm, b=0,012 mm (xar 100 mm uzunlikka).



  1. Oldingi babka shpindeli o‘qi va penol o‘qining stanina yo`naltirgichlaridan Supportga nisbatan bir xil balandlikda joylashganligini tekshirish. Buning uchun ketingi babkaning penoli to‘liq chiqariladi va markazlar orasidagi maksimal masofaning ¼ qismida o‘rnatiladi. So‘ngra oldingi babka va penol teshigiga oxirida bir xil silindrik bo‘yinchalari bo‘lgan opravka 12, 13 o‘rnatiladi. Supportga esa indikator shunday o‘rnatiladiki, uning o‘lchash shtifti opravkalardan birining yuqorigi yasovchisiga tegib tursin. Supportning tepa qismini ko‘ndalang yo`nalishda oldinga va orqaga suriladi va indikator eng katta ko‘rsatkichi aniqlanadi. So‘ngra indikatorinng xolatini o‘zgartirmasdan shunday o‘lchashlarni ikkinchi opravkada ham bajariladi. Xatolik (bir xil chiziq qa tushmasligi) indikatorning xar ikkala o‘lchashlaridagi ko‘rsatkichlarning algebraik ayirmasi sifatida o‘niqlanadi. Oldingi babka shpindeli va penol o‘qlarining stanina yo`naltiruvchisiga nisbatan joylashuviga beriladigan qo‘yim zagatovka diametri 400 mm bo‘lgan dastgohlar uchun 0,1 mm.




Download 36.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling