Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
I BOB. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA SO’Z TURKUMLARI
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
I BOB. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA SO’Z TURKUMLARI
NAZARIYASI 1.1 Hozirgi zamon tilshunosligida so’z turkumlari nazariyasi va ot so’z turkumi masalasi Har bir tilda minglab leksemalar mavjud. Ularni tushintirayotganda alohida holda tasvirlash yoki guruhlab fikr bildirish mumkin. Tilshunoslar bu ikki usuldan ham foydalanishni tavsiya etadilar. Lug’atlar odatda individual leksemalarni o’rganadi. Grammatika kitoblari esa asosan so’z turkumlari deb ataluvchi leksemalar sinfini o’rganadi. Ingliz tilida so`zlar anglatadigan leksik-grammatik ma`nolari, morfologik xususiyatlari, boshqa so`zlar bilan o`zaro sintaktik aloqaga kirisha olish – olmasligiga ko`ra ma`lum so`z turkumlariga bo`linadi. Ular o`z navbatida mustaqil so`z turkumlari (notional parts of speech) va yordamchi so`z turkumlariga (structural parts of speech) bo`linadi. Mustaqil lug`aviy atash ma`nosiga ega bo`lgan, gapda ma`lum bir gap bo`lagi vazifasida qo`llana oladigan, maxsus so`roqlarga javob bo`ladigan so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlari deb ataladi. Ingliz tilida mustaqil so`z turkumlari sirasiga quyidagi so`z turkumlari mansub: 1) Ot (noun) 2) Sifat (adjective) 3) Son (numeral) 4) Olmosh (pronoun) 5) Ravish (adverb) 6) Fe`l (verb) 7) Holat kategoriyasi (stative or adlinks) 8) Modal so`zlar (modal words) 9) Undov so`zlar (interjection) Mustaqil lug`aviy atash ma`nosiga ega bo`lmagan, gap bo`laklari va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o`zaro bog`lab yoki ularga qo`shimcha ma`no yuklab 8
keluvchi so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari deb yuritiladi. Ular gapda faqat grammatik ma`no ifodalab, faqatgina grammatik vazifa bajarib kelishadi. 1) Predlog (preposition) 2) Bog`lovchi ( conjunction) 3) Ko`makchi (partical) 4) Artikl (article) Haymovich S, Rogovskaya B lar o’zlarining “Теоритическая грамматика английского языка” kitobida quyidagi turdagi so’z turkumlari borligini ta’kidlaydi: 1. Nouns 2. Adjectives 3. Pronouns 4. Numerals 5. Verbs 6. Adverbs 7. Adlinks (the category of state) 8. Modal words (modals) 9. Prepositions 10.Conjunctions 11. Particles 12. Interjections 13. Articles 14.
Response words
(yes, no)
[8.18]
“ Predmetni anglatgan so`z turkumi ot deb ataladi. Grammatikada predmet deb Bu kim? (who is this ?), Bu nima ? ( what is this ?) savollariga javob bo`luvchi barcha so`zlarga aytiladi. Masalan: - Bu kim? – Who is this ? – bola (a boy ), qiz bola (a girl)
O`zbek tilida ham ot mustaqil so`z turkumi bo`lib, shaxs, predmet, hodisa, joy nomini anglatadi. - odam, o`quvchi, ishchi so`zi shaxsni; - maysa, kitob, ildiz, bulut so`zlari predmetni; - yolg`on, baxs, kengash, inversiya, gurung, istilo, raqobat, qo`zg`olon, surgun, urush, janjal, to`fon, bayram so`zlari hodisani; - qishloq, shahar, ovul so`zlari joy nomlarini bildiradi [8.169] Ingliz tilida otlar quyidagi morfologik xususiyatlarga ega:
9
1.Sanaladigan otlar ikki son ko`rsatkichiga ega : birlik (singular) va ko`plik (plural). Masalan: birlikda - qiz (a girl ), ko`plikda - qizlar(girls ). [9.14]
2. Ingliz tilida otlar ikki kelishikka: umumiy (the common case) va egalik kelishiklariga (the genitive case) ega. Umumiy kelishik (the common case) o`zbek tilidagi bosh kelishikka mos keladi: -o`quvchi (a pupil), ota (father). Egalik kelishigi o`zbek tilidagi qaratqich kelishigiga mos keladi: - o`quvchining (pupil`s), otaning
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling