Zaynalov N. R., Vafayev M. A., Shakarov A., Rahmatova Sh. I. Kredit tizimida talabalarning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirish va tayyorlash
Download 304 Kb.
|
Kriptografiya 1-MUSTAQIL ISH (2) (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Mavzu doirasida bajariladigan ishlar
- 7. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar
Tavsiya etilgan adabiyotlar: [1-12]
Mavzu. Test savollari bilan ishlash Hajmi: 4 soat Maqsadi:Yakuniy baholashga tayyorgarlik ko`rish Topshiriq: 1. Moodle tizimidan elektron darsligini ochish 2. Test bandiga kirish 3. O`tilgan mavzular doirasida test jarayonini boshlash Tavsiya etilgan adabiyotlar: moodle.samtuit.uz 5.Mustaqil ta’lim ishini baholash tartibi
6. Mavzu doirasida bajariladigan ishlar
Mavzu doirasida bajariladigan ish turlari mazmuni quyidagicha bo‘ladi: “Sharh” – bunda tanlangan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchlarni yoritish; “Taqdimot” - bunda tanlangan mavzuni yoritishga qaratilgan taqdimot faylini ishlab chiqish; “Test” – bunda tanlangan mavzu kamida 10 ta test savol-javoblarini tuzish; “Web-sayt” – bunda tanlangan mavzuga qaratilgan veb-saytlar haqida ma’lumotlar to‘plash; “Adabiyotlar” – bunda tanlangan mavzu bo‘yicha kutubxonada mavjud ilmiy jurnallar va kitoblarni o‘rganib chiqish; “Pedagogik texnologiyalar” – bunda tanlangan mavzu bo‘yicha pedexnologiyalar usullaridan biriga asosan ishlanma yaratish. 7. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarMavzu bo‘yicha yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun tavsiya etiladigan usullar:
“Aqliy hujum” - aytilayotgan barcha g‘oyalar bir–biriga nisbatan muhimlikda tengdir; -kiritilayotgan g‘oyalar tanqid qilinmasligi kerak;g‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik;so‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas; olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi; ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi; istalgan g‘oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi; muammo yechimidan uzoq g‘oyalar ham qo‘llab-quvvatlanadi; barcha g‘oyalar yoki ularning asosiy mag‘zi (farazlari) qayd etish yo‘li bilan yozib olinadi; «xujum»ni o‘tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart; beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutilishi kerak. «Tanishuv» - jamoa ishtirokchilarini bir-biri bilan tanishtirish, ijodiy muhitni yuzaga keltirish,talabalarning shaxsiy sifatlarini ochish, auditoriyada ishlash uchun qulay sharoitni vujudga keltirish «Intervyu» - talabani savolni to‘g‘ri tuzish, savol bera olish, savolga to‘g‘ri davob berish, boshqalarni tinglay olish madaniyatiga o‘rgatishga qaratilgan. «Blits-so‘rov» - talabalarni harakatlar ketma-ketligini to‘g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, ma’lumotlarning keraklisini tanlab olishni, o‘zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan. «Bahs-munozara» - oydin bo‘lmagan fikrlarni oydinlashtirish, aniq bo‘lmagan dalillarni asoslash, shuningdek, haqiqatni to‘laqonli anglashga yordam beradi. Bashs-munozarani tashkil etish ma’lum qoidalarga asoslanishi zarur. Chunonchi, o‘zgalarning fikrini diqqat bilan tinglay olish, o‘z fikrini ilgari surishda ishonchli dalillardan foydalanish. “Insert” – avvalgi bilimlarni faollashtirish, matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o‘zining mustaqil faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli, o‘zlashtirishning vazifalarini yechish va o‘quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning malakalarini rivojlantirish o‘qitish usulidir. «Iyerarxiya» - oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali talabalarni mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan. «Talaba» - talabalar bilan yakkama-yakka holda ishlash o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan. «Charxpalak» - talabalarni o‘tilgan mavzularni yod olishga, berilgan savollarga to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga qaratilgan. «FSMU» - talabalarni fikrni bayon etishni, fikr bayoniga sabab ko‘rsatishni, sababni asoslovchi misol ko‘rsatishni va fikrni umumlashtirishni o‘rgatishga qaratilgan. Download 304 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling