Ўзбек мусиқаси тарихи 7-mavzu. Koraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot


Download 51.81 Kb.
bet1/5
Sana28.01.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1135391
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu.


Ўзбек мусиқаси тарихи



7-mavzu. Koraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot(XI-XIII asrlar)
Reja:

  1. Tarixiy ma’lumotlar.

  2. Qoraxoniylar davlati madaniy hayoti.

  3. Adabiyot.

  4. Musiqa.

Movarounnaxrda XI asrga qadar ko’plab turkiylar yashagan. Ular SHosh va Farg’onada ko’proq, Zarafshon va qashqadaryo daryolarining vodiylarida kamroq edi. Ya’ni, Farg’onada turkiy-qarluqlar, SHoshda turkiy-o’tuzlar ko’proq bo’lgan. X asrda turkiylar oilasi islomni qabul qilishdi va Forob, SHosh oralig’ida o’troqlashdi. Bular turkiy o’g’uzlar bo’lsa kerak. CHunki, ular ta’sirining kuchli ekanligi o’zbek xalq og’zaki ijodidan ham sezilib turadi. O’zbek xalq og’zaki ijodida o’g’uzlar hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari qatorida tilga olinadi.


X asrning 2-yarmida qoraxoniylar davlati tarkib topdi. Yangi tashkil topgan davlatpiig birinchi boshlig’i “bo’kraxon” (ya’ni podishoh) deb atoluvchi davlat unvoniga ega bo’lgan.
Soliq zulmidan azob chekkan dehqonlar Somoniylar hokimiyatidan norozi bo’lishdi. Eski dehqon zodagonlari markazlashgan amirlik hokimiyati bilan kelishishni xohlamadi.
992 yili Bo’g’raxon dehqonlarning talabi bilan Movarounnahrga keldi va bosib oldi. 999 yili qoraxoniylar Buxoroni qo’lga kiritdilar. Avvalambor, markazlashgan davlat tuzumi butkul quladi. 1001 yili qashg’ardan Amudaryoga qadar cho’zilib, SHarqiy Turkistonni bir qismi, Ettisuv, SHosh, Farg’ona va qadimgi So’g’diyona hududini o’z ichiga olgan qoraxoniylar davlati bilan SHimoliy Hindistondan qariyb Kaspiy dsngizining janubiga qadar cho’zilib, hozirgi Afg’oniston va shimoliy-sharqiy Eronni o’z ichiga olgan g’aznaviylar davlati paydo bo’ldi.
Qoraxoniylar mamlakatni sulola vakillari – ilikxonlar boshqaradigan viloyatlarga bo’lish usulini ta’sis etishdi. qoraxoniylar hukmdori — buyuk xon ko’pincha poytaxt Bolasog’unda bo’lsa-da, o’zi qashg’arda yashardi. U Erondagi “shaxanshoh” singari “xonlar xoni” degan unvonga ega edi. 1072 yilga kelib O’zgan poytaxt bo’ldi va XI asr oxirida O’zgan qoraxoniylar saltanatining Farg’ona viloyati markazi bo’lib qoldi.
Qoraxoniylarning tilshunos olimi Mahmud qoshg’ariy XI asrda o’zining arab tilidagi uch jildlik «Devonu lug’atit turk” (“Turkiy so’zlar lug’ati”) asarini tuzadi. Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy esa turkiy tilda yaratgan “qutadg’u bilig” asarida ma’lumot berishicha, qoraxoniylar xunarmandlarga, xususan, temirchi, tuquvchi, etikdo’z, suv tashuvchi va boshqa xil kasb egalariga yaxshi munosabatda bo’lishgan.
Somoniylar davlati tarkibida Xorazm yarim mustaqil bo’lgan. qoraxoniylar va g’aznaviylar davlatlari vujudga kelganda u chekkada joylashgani uchun ularning hech biriga kirmay qoldi.
X asrning 2-yarmida Urganch (Gurganch, arabchada – Jurjon)ni poytaxt qilgan shimoliy Xorazm ajralib chiqdi. Janubiy Xorazm poytaxti qiyot bo’lib, u erda xorazmshoh, Urganchda esa amir hukmronlik qilardi.
996 yili shimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad bu mamlaktni yaxlit davlatga aylantirib, Xorazmshoh unvonini qabul etdi va Urganchni poytaxt qilib belgiladi.
X asr yashab ijod etgan jo’g’rofiy olimlar Xorazmni dehqonchilik rivojlangan, shaharlari ko’p va madaniyati yuksak mamlakat sifatida ta’riflashadi. Ali ibn Ma’mun (997-999) davrida Urganchda ikkita ajoyib saroy qurildi. Abul Abbos Ma’mun (999-1016) o’z saroyida Ma’mun akademiyasi – “Bayt-ul hikma”ni ta’sis etib, atrofiga turli sohaga mansub o’rta asrning mashhur SHarq olimlarini to’playdi. Bu erda Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, mashhur tabib Abulxayr Hammor va boshqa atoqli olimlar shug’ullanishardi. Beruniy “Ma’mun akademiyasi”ning yetakchi a’zosi bo’ldi. Beruniy til, falsafa, falakiyot, riyoziyotni o’rgandi; botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlar bilan qiziqdi. U XI asr boishda turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) yoki “Xronologiya” nomli asarini yaratdi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, so’g’diylar, xorazmiylar va boshqa ko’plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, SHarq mamlakatlarining madaniyati va adabiyoti to’la bayon etilgan.
1017 yilga kelib Xorazm, yirik istilochi, ulkan, lekin qisqa davrli imperiya asoschisi Mahmud G’aznaviy qo’l ostiga o’tdi. Biroq Xorazm g’aznaviylarning qo’l ostida uzoq qolmadi. 1040 yili g’aznaviylar davlati quladi. Bu davrda Saljuqiylar davlati vujudga keldi. Uning tarixiy hayoti O’rta osiyodan tashqarida kechdi. Saljuqiylar bosib olgan erlarini viloyatlarga bo’lishdi. Marv bilan Xurosonning katta qismi Dovudga tegdi. To’g’rulbek Saljuqiylar davlatining hukmdoriga aylanib, 1055 yili arablarning bir qismini bo’ysundirdi. U o’ziga poytaxt sifatida Ray shahrini tanladi.



Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling