Ўзбек мусиқаси тарихи 9-mavzu. Temuriylar davri musiqa madaniyati Reja


Zaynulobidin al-Xusayniy va uning “qonun” asari


Download 57.89 Kb.
bet6/7
Sana28.01.2023
Hajmi57.89 Kb.
#1135423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu.

Zaynulobidin al-Xusayniy va uning “qonun” asari

Mashhur bastakor Zaynulobidin bin Muhammad bin Mahmud al-Xusayniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar juda kam saqlangan bo’lib, uning Hirotda tug’ilganligi keyinchalik Sulton Husayn saroyida va Samarqandda yashaganligi haqida Navoiy («Majolisun-nafois»), Xondamir («Xulosatul axvor») va Vosifiylar («Badoe-ul-vaqoe») ma’lumot berishadi. Xusayniy Navoyi asos solgan Ixlosiya madrasasida ta’lim olganligi va yuksak san’at soxibi ekanligi haqida Navoyining «Majolisun-nafois» asaridaayrim ma’lumotlar keltiriladi. Umrining oxirlarida O’rta Osiyo Shayboniylar hokimiyati qo’liga o’tgandan so’ng Xusayniy Boburiylar bilan birga Afg’onistonga ketadi. Va 1520 yillarda qandahor shahrida vafot etadi (tavalludi taxminan 1463 vafoti taxminan 1519).


Xusayniyning “qonun” asari Navoiy buyurtmasi asosida yozilgan bo’lib, bu haqda muallifning o’zi muqaddimada, Navoiyga bag’ishlangan qasidada eslatib o’tadi (asar fors-tojik tilida yozilgan).
Asar mukaddima va 21 ta bobdan iborat. Muallif asar 24 bobdan iborat ekanligi xaqida mukaddimada yozib o’tgan. Ammo manbaning yagona Toshkent nusxasida asarning 21 bobigina saqlanib qolingan bo’lib, oxirgi uch bobi yo’qolgan bo’lsa kerak.
Manbada nag’ma, bo’’d, jam’, lahn kabi musiqiy tushunchalarga ta’rif berilgan.
Xusayniyning risolasi Urmaviyning “Kitabul-advor” va Sheroziyning “Durratud-toj” asarlariga asoslangan bo’lib, aksariyat hollarda ularning mazmunini kayta bayon etadi. Asarda temuriylar davrida mashhur bo’lgan 12 maqom tizimi kuyidagi tartibda keltirilgan: Ushshok, Navo, Busalik, Rost, Xusayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzrug.
Manbaning 16-bobi “Dar bayoni dutor” deb nomlanadi va dutor haqida ilk ma’lumotlar keltiriladi.
Xusayniyning “Qonuni” Jomiyning risolasida keltirilgan masalalarni kengroq yoritadi hamda ba’zi yangi masalalar ustida to’xtab o’tadi. Intervallar va ularning o’zaro nisbatlari, intervallarni bir-biriga qo’shish, ayirish, taqsimlash, jam’larning to’liq ro’yxati, maqomlar masalalari shular jumlasidandir. Asar muallifning mustaqil izlanishlari va mulohazalarining mahsuli bo’lib, Xusayniy musiqaning ilmiy va amaliy masalalarini chuqur egallagan yirik olim, bastakor va mohir sozanda bo’lganini tasdiqlaydi.
“Qonun” asari Jomiyning “Risolai musiqiy”si qatori XV asrda mashhur bo’lgan maqomlarni o’rganishda yagona manba bo’lib xizmat qiladi.

Download 57.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling