Zbek va ingliz tilidagi sifatdoshlarning strukturaviy funksional xususiyatlari


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1377135
1   2   3   4
Bog'liq
o-zbek-va-ingliz-tilidagi-sifatdoshlarning-strukturaviyfunksional-xususiyatlari

sevgan, o’z ishiga ko’ngil qo’ygan qiz. (I.Rahim); 
g) shaxs va narsaning harakat bilan bog’liq belgisini bildirib, gapda sifatlovchi 
vazifasida keladi, sjaklan o’zgarmaydi: Do’stlik bo’lmagan joyda ishning rivoji ham 
bo’lmaydi. (S.Zunnunova)
d) otlashib kela oladi. Bu vaqtda ot singari kelishik, egalik affikslarini qabul 
qiladi va shunga mos vazifada keladi: Maqtanganning uyini, kerilganning to’yini 
ko’r. 
e) shaxs-son affiksi bilan tuslanib, fe’lning aniqlik mayliga xos zamon 
shakllarini hosil qiladi. Narigi yoqdagi go’zal favvoralar qurilishi endi boshlangan
(P.Qodirov) 
Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo’ladi. Harakatning nutq so’zlanib turgan 
paytga munosabatini bevosita ko’rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi 
gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umimiy mazmuni bildirgan 
vaqtga nisbatan belgilanadi. 
Sifatdoshning asosan otga bog’lanib, otni aniqlab kelishi, sifatdoshning funksiya 
va ma’noda sifatga yaqinlashib kelishini shartlagan.
O’zbek tilidagi sifatdoshlar o’zlarining leksik ma’nosiga ko’ra, predmetlarning 
harakat belgilarini ifodalab aniqlab keladi. Sifatlar ham belgi tasavvurini ifodalaydi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
ISSN 2181-063X
155
http://oac.dsmi-qf.uz


Lekin sifatlar ifodalagan belgilar static- “passiv” belgilar bo’lib, sifatdoshlar 
ifodalagan belgilar aktiv o’zgaruvchan, dinamik belgilardir. Quyida keltirilgan 
misollardagi sifatdoshlar bilan sifatlarning leksik ma’nosini qiyos qilish: yuradigan 
bola…, katta shahar. 
Ingliz tilida sifatdosh fe’lning ham fe’llik, ham sifatlik yoki ravishlik 
xususiyatiga ega bo’lgan shaklidir. 
Sifatlik xususiyatiga ko’ra sifatdosh gapda aniqlovchi bo’lib keladi: 
We visited one of the largest plants producing tractors in our country. Biz 
mamlakatimizda traktor ishlab chiqaruvchi katta zavodlardan biriga bordik. 
A broken cup lay on the table. Singan piyola stol ustida yotardi. 
Sifatdosh ravishlik xususiyatiga ko’ra gapda hol bo’lib keladi: 
He sat at the table thinking. U stolda o’ychan o’tirar edi. 
Fe’llik xususiyatiga ega bo’lgan sifatdosh o’zidan keyin to’ldiruvchi olishi 
mumkin: Signing the letter the manager asked the secretary to send it off at once. 
Xatni imzolagach, menejer kotibadan uni zudlik bilan jo’natib yuborishni so’radi. 
Fe’llik xususiyatiga ega bo’lgan sifatdosh ravish bilan aniqlanishi mumkin: 
Packing his things quickly, he hurried to the station. Narsalarini tezlik bilan 
joylashtirib, u stansiyaga shoshildi. 
Present Participle Active (oddiy nisbatdagi hozirgi zamon sifatdoshi) fe’lning 
negiziga -ing qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi: reading- o’qiyotgan, studying- 
o’rganayotgan. 
To’g’ri fe’llarning Past Participle (o’tgan zamon sifatdoshi) shakli fe’lning 
asosiga -ed qo’shimchasini qo’shish yo’li bilan yasaladi:asked- qo’shimchasini 
qo’shish orqali yasaladi: asked- so’ralgan, ordered- buyurilgan. 
Notog’ri fe’llarning o’tgan zamon sifatdoshi shakli fe’lning o’zagida o’zgarish 
bilan yasaladi: given-berilgan, bought- sotib olingan. 
Perfect Participle Active (tugallangan sifatdoshning oddiy nisbati) to have 
fe’lining hozirgi zamon sifatdoshi shaklining having va asosiy fe’lning Past Participle 
shakli yordamida yasaladi: having written- yozib, having done- qilib. 
Present Participle Passive (tugallangan sifatdoshning majhul nisbati) to be 
yordamchi fe’lining Perfect Participle shakli have been va asosiy fe’lning Past 
Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling