Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус
-§ . O`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda geometrik
Download 39.03 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
2.2
-§ . O`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda geometrik masalalarni o`rni Geometriyaning uslubiy tuzilishi o'quv materiallarini o'zlashtirishga, idrok qilish faolligini oshirishga, mustaqil bilim olishga, xotirani oshirishga, qiziquvchanlikni tarbiyalashga qaratiladi. Geometriyadan masalalar yechishda chizma chizish murakkab jarayon hisoblanadi, chizuvchidan sabr toqat va qunt bilan ishlashni talab qiladi. Chizmaning sifati chizuvchining qo'l sezgisiga bog'liq bo'ladi. Chizmalarni toza va chiroyli qilib chizishda, asosan, qo'l sezgisi katta ahamiyatga ega. Chiziladigan bir hil turdagi chiziqlar bir hil yo'g'onlikda, bir tekis qilib chizilishi lozim. Insonda qo'l sezgisi yaxshi rivojlangan bo'lsa, qo'liga olgan qalamni qog'os ustida mahorat bilan yurgiza oladi. Insonning qo'l sezgisini tekshirish uchun qalam uchi ingichka qilib chiqariladi (uchlanadi) va chizg'ich yordamida bir nechta chiziq chizish mashq qilinadi. Shunda chizilgan chiziqlarning ko'pchiligi bir xil chiqsa, uning qo'l sezgisi yaxshi rivojlangan hisoblanadi. Ba'zi odamlarning qo'l sezgisi nisbatan rivojlanmagan bo'ladi. Ular qalamning uchi ingichka yoki yo'g'onroq uchlangandan qat'iy nazar, qalamni bir xilda bosib chizishadi. Shunda ingichka uchli qalam uchi sinib ketadi, bu yerda, ingichka uchli qalamni ohistalik bilan bosib chizish lozimligiga ahamiyat 68 berilmaydi. Muntazam ravishda ingichka uchli qalam bilan chizishni mashq qilib turish orqali qo'l harakati sezgisini me'yorlash mumkin. Turli jismoniy mehnat jarayonidan keyin qo'l sezgisi pasayib ketadi. Bunda chizmalarni chizish bir muncha qiyinlashishini ham hisobga olish tavsiya etiladi. Hayotimizda chizmaning o'rni juda kattadir. Hozirgi ishlab chiqarishni chizmalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Narsalarni texnikada qabul qilingan tasvirlash usullari ko'p asrlar davomida yaratilgan. Ishlab chgiqarishda biror buyumni, masalan, mashina va mexanizmlarning detallarini yasash hamda ularni yig'ish, shuningdek, bino hamda inshootlar nqurish uchun ularning chizmalari bo'lishi zarur. Chunki chizmalarsiz buyumlarni yasab bo'lmaydi. Geometriya darslarida o`quvchilarni fazoviy tasavvurlariniustirish maqsadidastereometriya kursi bo`yicha masalalarni yechish va teoremalarni isbotlashda chizma juda muhimdir, shuning uchun ham yasashga oid masalalarni yechishda grafiklar bilan ishlash va chizish malakasini rivojlanishini ko`rsatish zarur deb hisoblaymiz. Ma’lumki, yasashga doir masalalarni yechish to`rt qismdan iborat: tahlil, yasash, sintez yoki isbot, va masala echimini tekshirish [10]. Geometriya darsliklarida parallel ko`chirish, simmetriya, o`xshashlik metodi, masalalrni yechishda burishlarni qo`llash, geometrik o`rinlar metodidan foydalangan holda yasashga oid ko`pgina masalalar keltirilgan va har bir bu echimlar to`rt qismga bo`lingan – analiz, yasash, sintez, tekshirish, o`quvchilar uchun qulay va aniq ko`rgazmali ko`rinish. Masalalrni yechish jarayonida tayyor chizmalarni ko`rsatish etarli emas, o`quvchilar uchun yasash jarayonini jonli ko`rish, ya`ni chizish ahamiyatliroqdir. Chizish san`ati bilan bahramand bo`ladilar. Agar o`qituvchi, masalani yechishda tayyor chizmali jadvallardan foydalanadigan bo`lsa, uholda u vaqtdan yutadi va yana bitta masala yechishga 69 imkoniyati paydo bo`ladi. Har doim ham tayyor chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda o`quvchilar chizmani paydo bo`lish jarayonini ko`rishdan mahrum bo`ladilar. Konstruktiv malakaga ega bo`lish uchun, avvalo o`quvchilar o`zlari daftarga chizmalarni chizishlari zarur. Stereometriya darslarida o`quvchilarga birinchi sizilgan rasmlar unchalik yaxshi chiqmasligi mumkin deb ogohlantirish kerak, tushuntirish kerak va misol uchun rasmni kodoplyonkaga chizib, fikrlab, figurani joylashishi va ko`rinishini tassavur qilib, xatolarni to`g’rilab, undan so`ng chizish kerakligini taklif qilish kerak. Shu bilan birga, konstruktiv malakani rivojlantirish bo`yicha ishlarni ko`pburchaklar mavzulariga qoldirmaslik kerak, steoreometriyaning birinchi darslaridanoq, tekislikdagi geometriyaning o`zidanoq, bu ishni boshlash kerak. Masalan, tekislikda biror – bir to`g’ri chiziqni chizish kerak bo`lsa, to`g’ri chiziqni kichkina qilib chizmasdan, bu tekislikni butun chegaralangan sohasi bo`yicha chizishni o`quvchilarga tavsiya qiling (rasm 1). a ham, v ham tekislikda yotibdi, lekin v to`g’ri chiziq – noto’g’ri tanlangan. Rasmda harflarni tartib bilan yozish ham alohida ahamiyatga ega. Masalan, to`g’ri chiziqlarni belgilashda harflar bir tomonga yozgan maqul, tekisliklarni belgilashda esa, yon tomonga yozish tavsiya etiladi, bunda figuralarni o`zaro joylashishi va chizilishida noaniqliklar kelib chiqmaydi va bir harf boshqa shaklga o`tib qolmaydi, keyingi chizishlarga halal bermaydi. Kesishuvchi tekisliklarni ko`rsatishda, kesishish to`g’ri chizig’ini 2 rasmdagi kabi ko`rsatish maqsadga muvofiq bo`lar edi: a в 1-rasm 70 a)– omadsiz tanlov, b)– omadli tanlov Elementarkonstruktiv malakalarga ega bo`lish uchun, quyidagi mashqlar tavsiya etiladi:: 1. tekislikdaa to`g’ri chiziqni tasvirlang u: a) tekislikni A nuqtada kesib o`tadi; b) tekislikda yotadi; v) tekislik bilan umumiy umumiy nuqtaga ega bo`lmaydi; 2. va tekislikni tasvirlang, agar ular: a) parallel; b) s to`g’ri chiziq bo`ylab kesishadi. 3.avav kesishuvchi to`g’ri chiziqlarni tasvirlang. 4. tekislikka tushirilgan AB perpendikulyar va AC og’mani tasvirlang. 5. Tasvirlang: a) ikkita o`zaro perpendikulyar tekisliklarni; b) uchta o`zaro perpendikulyar tekisliklarni. 6. To`g’ri burchakli koordinata sistemasida A (2,4,-1),B(-2,0,3), C(0,0,5) nuqtalarni yasang. Stereometriya ko`riladigan masalalarning ko`pchiligi ko`pburchaklarni tasvirlash, aylanma jismlari va va ularning kombinatsiyasiga bog’liq. Shuning uchun ham, ularni tushungan holda, savodli tasvirlashni bilish muhim bo`lib, ularda aynan shu ko`nikmalarni rivojlantirish juda muhimdir. а) 2-rasm б) 71 Masalan, piramidani asosidan boshlab, prizmani esa yuqori yoki paski asosidan boshlab chizgan ma`qul. Ko`pburchak asosi – chizmaning eng muhim qismi hisoblanadi. Asosiga qarab ko`pburchak tomonlari va qirralari tashkil qilinadi. Tasvirlanayotgan ko`pburchakning tomonlari yoki qirralari qanday joylashadi? ular aniq ko`rinadimi? Shu kabi savollarni o`ylash kerak bo`ladi. To`g’ri loyihalash, to`g’ri tasvir shakllantiradi. Piramida haqida so`z ketganda, uning qirralarini ko`rinishi alohida ahamiyatga ega bo`ladi, bunda balandlik, tomon va qirra uzunliklarini mos tanlash muhim. Bu parametrlarni o`zaro nisbatda joylashishi, shaklni tasvirlanishiga jiddiy ta`sir qiladi (rasm. 3 a) – c)). a) b) c) Figuralarni chizishda oldin ingichka va xiraroq ko`rinishda chizib, tahlil qilgandan so`ng qalin chiziqlar tortish maqsadga muvofiq. Agar bir rasmda butun figura to`lasicha chizilib, ikkinchisida uning biror – bir qismi chiziladigan bo`lsa, ikkala rasmda ham chiziq va harfli belgilashlarning uzaro joylashish holati bir hil bo`lishi kerak. Agar ba`zi figuralar kombinatsiyasini tasvirlash lozim bo`lsa, ichki figuralarni shtrixlagan holda chizish tavsiya etiladi, balki boshqa usullarni qo`llash ham mumkin. Rasmlarda masalalarda berilgan figura elementlari orasidagi metrik munosabatlarni saqlash zarur. 3-rasm 72 O`quvchilar darslarda tekis bo`lmagan chizmalarni chizishda parallel ko`chirish xossalariga asoslanishlari kerak, buning uchun o`quvchilar bilan qo`shimcha ravishda frontal, dimetrik va izometrik proektsiyalar bo`yicha mashg’ulotlao o`tkazish zarur. O`quvchilar kollejda chizmachilik kursini eshitganlarini hisobga oladigan bo`lsak, izchillik o`z-o`zidan bo`ladi. Shuning uchun, o`qituvchi ham, o`quvchilar ham chizmachilikda qabul qilingan shart va qoidalarni bu erda ham saqlash talab etiladi. Ko`p faktlar ko`rsatadiki, o`quvchilarda grafik saviyasini pastligi, bu ularda fazoviy tasavvurni yaxshi rivojlanmaganligidir. O`quvchilarni fazoviy ob`ektlarni tasavvur qilishga, shuningdek ularni savodli tasvirlay olishga, rasmlarni to`g’ri “o`qishga” o`rgatish uchun, fazoviy figuralar chizmalarini mos modellar bilan – karkasli, oynali va boshqa shaklli – taqqoslash maqsadga muvofiq bo`lar edi. Albatta, stereometriya darslarida modellardan ortiq darajada foydalanish mumkin emas. Lekin, boshlang’ich yoki takrorlash darslarda foydalanish zarur deb o`ylaymiz. O`quvchilar konstruktiv malakalarini rivojlantirish uchun maxsus tanlangan masalalardan foydalanamiz. Ulardan ba`zilarini keltiramiz: 1. Ikki yoqli o`tmas burchakni chizing. 2. Ikki yoqli o`tkir burchakda chiziqli burchakni chizing. 3. Balandligi asosining uzunligidan ikki marta kichik bo`lgan, to`rtburchakli muntazam prizmani chizing. 4. Uchburchakli og’ma prizmani chizing. 5. Oltiburchakli muntazam piramidani chizing. 6. Teng tomonli silindrni chizing. 7. Kesik konusni chizing. 8. Teng yonli trapetsiyani katta asosi atrofida aylantirishdan hosil bo`lgan figurani chizing. 73 9. To`rtburchakli muntazam piramidaning asosi tomonidan va qarama – qarshi yon yog’i o`rta chizig’idan o`tuvchi kesimni yasang. 10. Sharni tekislik bilan kesilgan uning radiusi o`rtasidan o`tuvchi va unga perpendikulyar bo`lgan kesimini tasvirlang. 11. Konusga ichki chizilgan sharni chizing. Shunga o`xshash masalalardan foydalanish, o`quvchilar diqqatini figuralarni tasvirlanishiga qaratadi. Masalalar yechishda esa, bu diqqat va e`tibor masala echimini keltirib chiqarishda asosiy omil bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, o`quvchilar konstruktiv malakasini oshirishda chizish va yasashga oid maxsus masalalarni berish va ulardagi topshiriqlarni ongli ravishda bajarishga o`rgatish katta ahamiyatga ega. Geometrik malakani bir qismi bo`lgan konstruktiv malakani rivojlantirish masalani echmasdan tasavvurga sig’dirib bo`lmaydi. Masalalarni yechishda Loshkareva N.A. bir nechta asosiy, etakchi malakalarni ajratib ko`rsatadi, - bular: amallarga egalik qilish: analiz va sintez; abstraktlashtirish va konkretlash; taqqoslash va analogiya; umumlashtirish va tabaqalashtirish; asosiysini ajratish; tushunchalarni aniqlash; isbotlash va inkor qilish [53]. Masalalarni yechishda analiz va sintez amallariga ega bo`lish misolida geometrik malakani rivojlantirishni ko`rsatamiz. Analiz ikkita formada keladi, mulohazalar izlanayotgandan masala berilganlariga tomon siljiganda, yoki, butun qismlarga bo`linganda. Sintez – bu ma`lumlardan noma`lumlarga tomon izlash, ya`ni fikrlash jarayonidir. 74 Sintezda fikrlashning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tish go`yoki ko`r-ko`rona bo`ladi, bu o`tishlar o`quvchiga noaniqroq bo`ladi. Sintezda biz berilganlarga asoslanib nimalarni topa olamiz, degan savolga javob beramiz. Fikrlarimizning dalili sifatida quyidagi misollarni keltiramiz. Masalan, quyidagi masalani yechishda analiz izlanayotganlarda berilganlarga mulohaza yuritish formasida beriladi. Masala 2.2.1. Trapetsiya yon omonlari davomi va uning asoslari o`rtalari kesishish nuqtasi bitta to`g’ri chiziqqa tegishli ekanligini isbotlang (4-rasm). ABCD – trapetsiya, O – uning yon tomonlari kesishish nuqtasi, M va R – asoslari o`rtasi bo`lsin. O, M, R nuqtalarni bitta to`g’ri chiziqda yotishini isbotlash uchun, Download 39.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling